3. ELEKTRON HISOB-KITOBLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI. 3.1. Barcha hisob operatsiyalarini amalga oshirish hamda Tizim bo'yicha barcha ma'lumotlarni
olish Mijoz tomonidan Bank bilan aloqa seanslari vaqtida On-Line rejimda amalga oshiriladi.
3.2. Tomonlar elektron shaklda 1.3-bandda keltirilgan elektron hujjatlarni, shuningdek
Tomonlarning yozma kelishuviga binoan 1.3 bandga qo'shimcha tarzda kiritilishi mumkin bo'lgan
har qanday elektron hujjatlarni Tizim bo'yicha yuborish yoki qabul qilish huquqiga ega. Boshqa
ma'lumotlarning Tizim bo'yicha yuborilishiga yo'l qo'yiladi, lekin bu ma'lumot mazkur Shartlar
bo'yicha majburiyatlar yuzaga kelishiga asos hisoblanmaydi.
3.3. Mijoz 1.3 va 3.7-bandlarga muvofiq ETH ni shakllantiradi va Bankka yuboradi, shuningdek
uni ijro etish bo'yicha yo'riqnoma beradi (ERI o'rnatadi). ETH qabul qilinganida Tizim unda
rekvizitlar to'g'riligini tekshiradi va uni Bank ma'lumotlar bazasiga saqlaydi, ETH ijro etishga
yo'riqnoma qabul qilinganida esa ERI to'g'riligini qo'shimcha tekshiradi va tekshiruvdan ijobiy
natija olinganida ETH ni ijroga qabul qiladi.
3.4. ERI to'g'ri bo'lmagan holatda Mijoz tekshiruvning salbiy natijasi va mos ravishda ETH ni
ijroga qabul qilishdan bosh tortilganligi haqida xizmat elektron xabarini oladi.
3.5. Tizim ETH holatlarini o'zgartirish orqali Bankda ETH ning joriy holati to'g'risidagi
ma'lumotlarni (qabul qilingani, ijroga olingani, bajarilgani yoki ijrodan bosh tortilgani) avtomat
tarzda aks ettiradi. Joriy holatni aks ettiruvchi ETH holatlarini Mijoz Bank bilan aloqa seanslari
vaqtida mustaqil kuzatishi mumkin.
3.6. Mijozning ETH i, agar u Mijoz tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilgan, ERI
tasdiqlangan hamda Tizimda ijro etishga yuborilgan, Bank tomonidan esa qabul qilingan,
tekshirilgan va ijroga olingan bo'lsa mazkur Shartlarga binoan majburiyatlar yuzaga keltiradi. ETH
ijroga qabul qilinganligining dalili Tizimda ETH holatining "Qabul qilindi"ga o'zgarishi
hisoblanadi.
3.7. Bankka ijro etishga yo'riqnoma bilan jo'natilganidan keyin aloqa seansi vaqtida ushbu
ma'lumot Mijoz tomonidan tekshirilganida bir soat davomida ETH holati o'zgarmagan holatda
(Bankda belgilangan ish rejimini e'tiborga olgan holda) Mijoz Bankda javobgar ijrochidan
tushuntirish talab qilishi mumkin.
3.8. Bank Mijozga Tizim yordamida u Tizimdan foydalanishni boshlagan sanadan boshlab istalgan
davr uchun Tizimidan foydalanib amalga oshirilgan barcha Mijoz ETH lari ro'yxatiga ega
reestrlarni taqdim qiladi.
3.9. Mijoz Tizim yordamida u Tizimda amalaga oshirgan barcha ETH bo'yicha to'lov
hujjatlarining asllarini shakllantiradi.