Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
4.1. Bankning majburiyatlari:
4.1.1. Mijozga elektron shaklda Mijozning Tizimda ishlash Qoidalarini taqdim etish va ushbu
Shartlarni Tizimda o'zgartirishlar kiritilishiga muvofiq yangilash.
4.1.2. Mijoz Tizimda yaratgan ETH ni Mijoz Bankka jismoniy taqdim etadigan oddiy hujjatlar
sifatida to'g'ri ko'rib chiqish, shuningdek hujjatlarda taqdim qilingan barcha jarayon va
operatsiyalarni amalga oshirish.
4.1.3. Mijozning yozma talabiga binoan Mijozning Tizimda ishini bloklash.
4.1.4. Mijozdan uning ishini Tizimda blokdan ochish so'ralgan yozma
(birinchi shaxs tomonidan
imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan) xabarini olgandan so'ng Mijozning Tizimdagi ishini
blokdan chiqarish.
4.1.5. Tizimga uzatiladigan elektron hujjatlarni kun-u tun shakllantirish. Bank ETH ni bankning
operatsiya kuni davomida qabul qiladi. Operatsiya kunidan kech kelib tushgan ETH ijro etishga
qabul qilinmaydi.
4.1.6. Qonunchilik talablariga muvofiq Mijoz to'lov hujjatlarining aslini hisobi bo'yicha hujjatlar
almashinuvning lozim tartibini ta'minlash.
4.1.7. Mijozning yozma murojaati bo'yicha ERI kaliti sertifikatining amal qilishini bekor qilish.
4.1.8. Ariza beruvchiga, mazkur Shartlarga 2-Ilovaga muvofiq arizasi bo'yicha O'zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sertifikatsiyalangan ERI vositalaridan
foydalanib ERI yopiq va ochiq kalitlarini tayyorlash.
4.2. Bankning huquqlari:
4.2.1. ETH noto'g'ri rasmiylashtirilganligi (shu jumladan talab etiladigan ERI mavjud
bo'lmaganida yoki ERI noto'g'ri bo'lganida), shuningdek to'lov hujjatlarini ko'rib chiqish va qayta
ishlashning shunga o'xshash jarayonlari sababidan ETH ni ko'rib chiqish va/yoki ijro etishdan bosh
tortish.
4.2.2. Mijozning ETH si O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablari, O'zR
Markaziy banki me'yoriy hujjatlari va yo'riqnomalari talablariga qarshi bo'lgan holatda uni
ijrosidan bosh tortish.
4.2.3. Yopiq ERI kalit egasining roziligisiz ERI kelit sertifikatini bekor qilish, agar:
-
ERI kaliti sertifikatini olishga berilgan arizada ko'rsatilgan ERI yopiq kaliti egasining
ma'lumotlari o'zgargan bo'lsa;
-
Mazkur sertifikatning amal qilish muddati yakunlansa;
-
ERI kalit sertifikati berilishiga asos bo'lgan hujjatning amal qilishi to'xtaganligi haqida
ishonchli ma'lum bo'lsa;
-
ERI yopiq kaliti egasining O'zbekiston Respublikasi "Elektron raqamli imzo to'g'risida"gi
Qonuni 27-moddasida ko'zda tutilgan majburiyatlarini bajarmaslik fakti belgilansa.
-
ERI kalit sertifikati amal qilishini to'xtatish muddati yakunlansa va ERI kalit egasining uni
qayta tiklashga arizasi bo'lmasa.
4.2.4. ERI kalit sertifikati mazkur Shartlarga 2-ilovaga muvofiq ERI kalit sertifikati berilishi uchun
ariza beruvchi ariza taqdim qilmaganida yoki to'liq hajmda taqdim qilmaganida ro'yxatga olmaslik
va chiqarmaslik huquqiga ega.
4.2.5. Agar Bank Tizimda Mijoz ishini davom ettirishi xavfsiz emasligi yoki mazkur Shartlar yoki
Tizim bilan ishlash qoidalarini buzuvchi hisoblanishini aniqlasa Mijozning Tizimdagi ishini
bloklashi, Mijozning faol yopiq ERI kalitini bloklashi hamda Mijozdan ERI kalitlari juftligini
almashtirishni talab qilishga haqli.
4.2.6. Alohida ETH ijrosini amalga oshirmaslik va Mijozdan to'lov hujjatining aslini
rasmiylashtirishni talab qilish huquqiga ega.
4.2.7. Mijozning roziligini olmasdan yoki unu oldindan xabardor qilmasdan Bank serverida
Tizimning dasturiy ta'minotini almashtirish, yangilash yoki unga o'zgartirish kiritish huquqiga ega.
4.2.8. Agar Umumiy shartlar akseptlangan kundan 10 bank kuni davomida Mijoz o'zi tomonda
dasturiy-texnik vositalardan foydalanmasa, ushbu Shartlar bo'yicha xizmatlar taqdim etilishini bir
tomonlama tartibda to'xtatish huquqiga ega.
4.2.9. Mijoz tomonidan aksept talab qiluvchi to'lov hujjatlari kelib tushganligi to'g'risida Bank
xabar yuborganidan so'ng Mijoz kelmagan holatda Tizimda Mijozning ishini bloklash huquqiga
ega.
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
4.2.10. Mijozni, uning yuridik manzili bo'yicha o'rganishni amalga oshirish huquqiga ega.