"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

5.
 
MIJOZNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI. 
5.1. Mijozning majburiyatlari:
5.1.1. O'z foydalanuvchilari (ishchilari), Tizim bilan ishlash Qoidalarini diqqat bilan o'rganish va 
qat'iy rioya qilish va elektron hujjatlarni to'g'ri rasmiylashtirilishini ta'minlash. 
5.1.2. Mos keluvchi davr uchun Mijoz tomonidan Tizim doirasida shakllantirilgan ETH va 
hisobchi ma'lumotlarini mustaqil va doimiy ravishda solishtirish va farq yuzaga kelgan holatda 
zudlik bilan Bankka xabar berish. 
5.1.3. O'z ishida Bank taqdim etgan yo'riqnomaga rioya qilish va Tizim bilan ishlash Qoidalarini 
buzish Mijozning aybi bilan moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishini tushunishi lozim. 
5.1.4. Pul vositalaridan qat'iy vazifasiga ko'ra foydalanish, O'zbekiston Respublikasi amaldagi 
qonunchiligiga muvofiq moliya operatsiyalarini amalga oshirish va to'lov hujjatlarini to'ldirish. 
5.1.5. Tizim bilan ishlashda foydalaniladigan apparat va tizim-dasturiy ta'minotning begona 
shaxslar uchun yopiq xonada, Tizim bilan ishlash uchun mos keluvchi vakolatlari bo'lmagan 
shaxslarning undan foydalanish imkoniyatini istisno qiluvchi sharoitlarda saqlash va foydalanish. 
5.1.6. Mazkur Shartlarga 2-ilovaga muvofiq ETH kalit sertifikati berilishi uchun zarur hajmda 
ro'yxatdan o'tish va identifikatsiya ma'lumotlarini taqdim qilish. 
5.1.7. Tizimda ishlashda foydalaniladigan Mijoz ERI Kalitidan vakolatsiz shaxslarning noqonuniy 
foydalanishiga yo'l qo'ymaslik va ularni sir saqlanishini ta'minlash. Bunda Mijozning ERI 
Kalitidan vakolati bo'lmagan shaxslarning foydalanishi bilan bog'liq salbiy oqibatlar 
tavakkalchiligi uchun javobgarlik Mijozning zimmasida bo'ladi. 
5.1.8. Mijozning ERI kalit yoki Tizimdan noqonuniy foydalanishga urinishlar aniqlanganligi 
to'g'risida, ular aniqlangan kuni Bankka istalgan usulda xabar berish va Tizimda ishni to'xtatish. 
ERI yopiq kaliti bilan elektron identifikatorni uchinchi shaxslarga bermaslik; 
5.1.9. ERI ochiq kalitidan foydalanganda mazkur ERI kalit egalari to'g'risidagi shaxsiy 
ma'lumotlarning himoya qilinishini ta'minlash. 
5.1.10. Butun foydalanish davrida USB "ePass" elektron identifikatorning saqlanishini ta'minlash 
va USB "ePass" yo'qotilgan/o'g'irlangan holatda Bankning amaldagi Tariflariga muvofiq Bankka 
jarima to'lab berish. 
5.1.11. Bank taqdim qilgan USB "ePass" dan faqat Tizimda ishlash uchun foydalanish. 
5.1.12. Mazkur Shartlar bo'yicha bank xizmatlarini taqdim etish/ulardan foydalanish to'xtatlgan 
yoki bank hisobvarag'i bilan bog'liq barcha shartnomalar bekor qilingan holatda Bank taqdim 
etgan USB "ePass" ni qabul qilish jo'natish hujjati bo'yicha qaytarib berish (Shartlarga 3-ilova). 
5.1.13. USB "ePass" o'g'irlanganligi va/yoki yopiq kalitdan foydalanish rejimi buzilganligi yoki 
ehtimoliy buzilganligi to'g'risida ixtiyoriy shaklda tuzilgan va Mijozning mas'ul vakillari 
tomonidan imzolangan yozma arizani Bankka taqdim etish yo'li bilan Bankni zudlik bilan 
xabardor qilish. 
5.1.14. Mijozning yuridik manzili va yuridik holatida boshqa o'zgarishlar, shuningdek Bankka 
taqdim qilingan ma'lumotlarda sodir bo'lgan o'zgarishlar to'g'risida Bankka 10 kundan 
kechiktirmasdan xabar berish. 
5.1.15.
ERI kaliti sertifikatini amal qilish muddati tugashidan kamida 2 hafta oldin yangilash 
uchun bankka murojaat qilish. 
5.1.16. ERI dan foydalanish sohasida mazkur Shartlar va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga 
rioya qilish. 
5.2. Mijozning huquqlari: 
5.2.1. Bankdan Tizimda elektron hujjatlar ko'rinishida rasmiylashtirilgan o'z so'rov va topshiriqlari 
ijrosini yoki ularni ko'rib chiqish yoki bajarishda asosli bosh tortish ma'lumotini taqdim etishni 
talab qilish. 
5.2.2. Bankni xabardor qilgan holda, istalgan vaqtda mazkur Shartlar doirasida Tizimda o'z ishini 
vaqtincha yoki doimiy to'xtatish. 
5.2.3. O'zining faol ERI yopiq kalitining amal qilishini muddatidan oldin to'xtatish va Bankdan 
uni Tizimda bloklashni talab qilish. 
5.2.4. Mijoz o'z ETH ni Tizim yordamida bekor qilish huquqiga ega. Bank ETH bekor qilinishi 
shartini, agar u hali bajarilmagan bo'lsa va Bankda uning bajarilishini bekor qilishning texnologik 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
imkoniyati bo'lsa qabul qiladi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin