6. MAXFIYLIKNI TA'MINLASH. 6.1. Mijoz o'z foydalanuvchilarining parollar, PIN va ERI sirli kalitlari mavjud shaxsiy
tashuvchilarning sir saqlanishi talablarini anglaydi.
6.2. Tizimdan foydalanish huquqini beruvchi parol, PIN yoki ERI sirli kalitlari ochiqlanganiga
shubha bo'lgan holatda yoki boshqa sabablarga ko'ra, Mijozning istalgan foydalanuvchisi har
qanday vaqtda parol, PIN yoki ERI sirli kalitini Tizim bilan ishlash Qoidalarida ta'riflangan
jarayonlar doirasida o'zgartirish huquqiga ega.
7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI. 7.1. Bank Mijozning hisobvaraqlariga mablag'lar to'g'ri kelib tushishi va to'g'ri yechilishi hamda
elektron banklararo to'lov tizimi bo'yicha ma'lumotlarning o'z vaqtida berilishi uchun javobgar,
qonunchilik talablariga mos kelmaydigan holatlar bundan mustasno.
7.2. Bank Mijozda apparat va tizim dasturiy ta'minotining sifatsiz ishlashi uchun hamda buning
oqibatida Mijozning Tizimdagi ishida yuzaga kelgan uzilishlar uchun javobgar emas.
7.3. Bank Mijozning Tizimdan foydalanish parollari, ERI sirli kaliti majvud elektron identifikator
yo'qotilishi yoki uning ayon qilinishi natijasida Mijozga yetkazilgan zarar uchun javobgar emas,
agar Mijoz ayon bo'lish yoki yo'qotilish fakti to'g'risida Bankka zarar yetkazilgan vaqtgacha
ogohlantirish bermagan bo'lsa.
7.4. Bank va Mijoz Tomonlarning xohishiga bog'liq bo'lmagan sharoitlar oqibatida yuzaga kelgan,
Tizimning to'g'ri ishlashiga to'sqinlik qiluvchi aloqa liniyalarining sifatsiz ishi uchun javobgar
emas.
7.5. Mijoz Tizimdan olingan elektron yoki bosib chiqarilgan hujjatlarning (hisobvaraqdan
ko'chirmalar, Bankdan xatlar va boshq.) saqlanishi va maxfiyligi uchun javobgar.
7.6. Tomonlar Tizimda o'zlarining mas'ul xodimlari ishi uchun javobgar.
7.7. Mazkur Shartlarga muvofiq o'ziga qabul qilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim
darajada bajarmaganlik uchun Tomonlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligda
ko'zda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
7.8. Har bir tomon boshqa Tomondan, unda mazkur Shartlarga boshqa Tomonning rioya
qilmaganligi tufayli yuzaga kelgan zararlarni qoplanishini talab qilish huquqiga ega.