Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
9.2. Umumiy
shartlarga barcha ilovalar, qo’shimchalar Qoidalar va Yo’riqnomalar
Umumiy
shartlarning ajralmas qismi hisoblanadi va Tomonlar ularni bajarishi shart.
9.3. Bank bir tomonlama tartibda O’zbekiston Respublikasining
banklarida norezidentlarga
hisobvaraqlar ochish va ulardan foydalanish to’g’risidagi Qoidalar yoki xalqaro to’lov
tizimlarining qoidalari o’zgargan holatda Umumiy shartlarga o’zgartirish va qo’shimchalar
kiritadi.
10.UMUMIY
SHARTLARNING
TUGATILISHI
10.1. Umumiy shartlar Kartada ko’rsatilgan muddatgacha amal qiladi va Karta qayta chiqarilgan holatda
qayta chiqarilgan Kartaning amal qilish muddatigacha avtomat tarzida uzaytiriladi.
10.2. Umumiy shartlar Karta egasi Kartani ochishga ariza berish yo’li bilan aksept qilgan
ondan kuchga
kiradi.
10.3. Umumiy shartlar bo’yicha xizmatlar taqdim etish/foydalanish Karta
egasining yozma arizasiga
binoan istalgan vaqtda tugatilishi mumkin.
10.4. Bankning talabiga ko’ra umumiy shartlar bo’yicha xizmatlar taqdim etishning
tugatilishi quyidagi
holatlarda amalga oshirilishi mumkin:
10.4.1. Karta egasining MKH da saqlanayotgan pul mablag’larining
summasi bank qoidalarida
ko’zda tutilgan minimal miqdordan kam bo’lganida, agar bunday
summa bir oy ichida qayta
tiklanmasa;
10.4.2. 1 yil ichida MKH da operatsiyalar amalga oshirilmasa;
10.4.3. Karta Egasi mazkur Umumiy shartlarning 7-bo’limida ko’zda
tutilgan majburiyatlarni
buzgan holatda.
10.5. Karta Egasining talabiga ko’ra Umumiy shartlar bo’yicha xizmatlardan foydalanish quyidagi
shartlar asosida tugatilishi mumkin:
- mazkur MKH ga berilgan Kartalar Umumiy shartlar va Bank Yo’riqnomalariga muvofiq bankka
qaytarilgan;
- Karta Egasi Umumiy shartlar bo’yicha barcha majburiyatlarini bajargan;
- Karta Egasi Bank oldida qarzdorlikka ega emas.
Dostları ilə paylaş: