"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

3.
 
BANKNING HUQUQLARI 
3.1.
Bankning huquqlari

3.1.1. Tranzaksiyalar/Tranzaksiyaga to‘lovni amalga oshirmaslik yoki SSK ga to‘lov o‘tkazib 
bo‘lingan taqdirda taqdim qilingan Tranzaksiya/Tranzaksiyalar summasida to‘lovni qaytib olish, 
agar: 
- Tranzaksiyalar/Tranzaksiya bo‘yicha ma’lumotlar Umumiy shartlar va Yo‘riqnoma talablari 
buzilgan holda topshirilgan yoki taqdim etilgan bo‘lsa; 
- Karta Egasi uning Kartasi bo‘yicha o‘tkazilgan Tranzaksiyadan norozi bo‘lsa va Karta egasi 
noroziligini huquqiy tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa (Kvitansiyada Karta Egasi 
imzosining yo‘qligli yoki Kvitansiya va Kartada Karta Egasining imzolari, shuningdek 
Kvitansiyada zarur rekvizitlar mos bo‘lmaganida); Karta Egasining Tranzaksiyaga noroziligi 
haqidagi arizasi yoki Bank/Emitetning, shu jumladan Karta Egasining imzosi nomuvofiqligi yoki 
to‘lov tizimining Qoidalariga rioya qilinmaganligiga asoslangan Tranzaksiya bo‘yicha 
Chargeback to‘g‘risida xabar bersa; 
- Karta mavjud bo‘lmaganida amalga oshirilgan Tranzaksiyalar o‘rinli, bunda Kvitansiya Karta 
egasi va SSK ning imzolarisiz, hisobot bilan taqdim qilingan bo‘lsa; shuningdek Karta Egasining 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
imzosi bilan tasdiqlangan Tranzaksiyalar o‘tkazishga yozma ko‘rsatmalar taqdim qilinmagan 
bo‘lsa; 
- SSK da shubhali faollik kuzatilsa (Tranzaksiyalar soni yoki summasi keskin ortsa, bunda ushbu 
Tranzaksiyalar bo‘yicha taqdim etilgan Cheklarda Karta Egasining imzosi mavjud bo‘lmasa); 
- Kvitansiya va/yoki Kredit Vaucher belgilangan muddatdan kech taqdim qilinsa. 
3.1.2. O‘tkazilgan Tranzaksiyalar bo‘yicha SSK bilan hisob-kitob amalga oshirilganida Bank 
Tarifida ko‘zda tutilgan xizmatlar uchun vositachilik haqi summasini ushlab qolish; 
3.1.3. 2.9-bandda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov undirish; 
3.1.4. bir tomonlama tartibda mazkur Umumiy shartlar bo‘yicha taqdim etilgan xizmatlar uchun 
vositachilik haqi miqdorini o‘zgartirish; 
3.1.5. 
agar 
Tranzaksiya 
bo‘yicha 
Kvitansiyalar 
Yo‘riqnoma 
qoidalarini 
buzib 
rasmiylashtirilganligi belgilansa, pul mablag‘larini Karta Egalariga qaytarish; 
3.1.6. Qurilmadan foydalanish qoidalari hamda xaridorlar – Karta Egalariga tovar va xizmatlarni 
taqdim etish qoidalarining nazorat tekshiruvini amalga oshirish. 
3.1.7. Bank SSK dan quyidagilarni talab qilish huquqiga ega: 
3.1.7.1. Bank tomonidan SSK ga vaqtincha beg‘araz foydalanish uchun topshirilgan Qurilmaga 
zarar yetkazilgan holatda unga ketgan xarajatlarni qoplash, Qurilmaning dasturiy ta’minotda 
uzilishlar sababli ishga yaroqsiz bo‘lgan holatlari bundan mustasno; 
3.1.7.2. SSK Qurilmani yo‘qotgan holatda kompensatsiya; 
3.1.8. Zarar yetkazish va buzish turlarining tasnifi va ular bo‘yicha xarajatlarni qoplash va 
kompensatsiya stavkalari 1-Ilovada keltirilgan. Zarar yetkazish buzish fakti qurilmaning ishga 
yaroqsizligi to‘g‘risidagi Bayonnoma-Xulosada rasmiylashtiriladi. Bayonnoma-xulosaning shakli 
4-ilovada berilgan. Zarurat bo‘lganida Qurilma yetkazib beruvchining servis-markazida nuqson 
Bayonnomasi tuziladi. Topshirilgan Qurilmaning yo‘qotilganlik fakti qurilmani yo‘qotganlik 
Bayonnomasi bilan tasdiqlanadi va rasmiylashtiriladi. Yo‘qotganlik to‘g‘risida Bayonnoma shakli 
3-ilovada berilgan. 
3.2. Bank amaldagi qonunchilik, mazkur Umumiy shartlar va xalqaro to‘lov tizimlarining 
qoidalariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin