"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

SSK NING MAJBURIYATLARI 
6.1.
SSK ning majburiyatlari

6.1.1. Qurilma orqali SSK anketasida ko‘rsatilgan faoliyat turiga muvofiq Tranzaksiya amalga 
oshirish. 
6.1.2. Umumiy shartlar, Yo‘riqnoma va xalqaro to‘lov tizimlarining qoidalariga muvofiq Karta 
bo‘yicha amalga oshirilgan Tranzaksiyalar bo‘yicha Savdo Terminali Inkassatsiyasini kundalik 
ta’minlash; 
6.1.3. Umumiy shartlar va Yo‘riqnomalarga muvofiq Kvitansiya va Kredit-Vaucherlar 
rasmiylashtirish; 
6.1.4. Tranzaksiyani amalga oshirishdan oldin Kartani Yo‘riqnomaga muvofiq tekshirish va 
Bankdan Avtorizatsiya kodini olish; 
6.1.5. Avtorizatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgan holatda Karta Egasidan terminal Kvitansiyasini
3 (uch) nusxada imzolashni talab qilish. 1-nusxa Karta Egasiga, 2 – Bankka topshiriladi, 3 SSK 
da qoladi.
6.1.6. Karta Egasi Chekni imzolanishini nazorat qilish. Kvitansiya va Kartaning orqa qismidagi 
imzolar mos kelishi kerak. bunda SSK Kvitansiyalarning barcha 3 nusxasida Karta Egasining 
imzosi o‘xshash bo‘lishini nazorat qilishi shart. 
6.1.7. Cheklarda imzolar farq qilgan holatda, Karta Egasidan imzo tushunarsiz yoki boshqalari 
bilan o‘xshash bo‘lmagan Kvitansiyada imzoni qayta qo‘yishni so‘rashi lozim. 
6.1.8. 
Terminal Karta bo‘yicha o‘tkazilgan Tranzaksiyalar bo‘yicha Inkassatsiya qilinganidan 
so‘ng Kvitansiyalar bo‘yicha Hisobotni lozim darajada rasmiylashtirish va uni Bankka ular 
rasmiylashtirilgan ondan 2 bank kunidan kech bo‘lmagan muddatda topshirish. 
6.1.9. SSK belgilangan tartibda, Karta Egasining pul mablag‘larini uning karta hisobvarag‘iga 
qaytarish talabiga binoan SSK Kredit Vaucherni lozim darajada rasmiylashtirishi va keyin uni 
Bankka alohida Hisobot ko‘rinishida u rasmiylashtirilgan ondan 1 bank kuni ichida qaytarishi 
lozim. 
6.1.10. Karta Egasiga naqd pulda xizmat ko‘rsatish narxidan yuqori bo‘lmagan narxlarda xizmat 
ko‘rsatish; 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
6.1.11. agar Avtorizatsiya amalga oshirilganidan so‘ng sotuv sodir bo‘lmasa Avtorizatsiyani bekor 
qilish uchun Bank PM bilan zudlik bilan bog‘lanish va SSK ushbu shartlarni bajarmagan holatda 
Bankka yetkazilgan zararni qoplab berish; 
6.1.12. har bir xonasida Bank taqdim etadigan reklama belgilarini joylashtirish va istisno tarzida 
Karta SSK tomonidan to‘lov vositasi sifatida qabul qilinishini ko‘rsatish uchun Bank ruxsat bergan 
nom va tasvirlardan foydalanishi; 
6.1.13. Yo‘riqnomani bajarish, Umumiy shartlar predmetiga tegishli xalqaro to‘lov tizimlarining 
qoidalariga rioya qilish; 
6.1.14. Kvitansiya/Kredit Vaucherlarning uchinchi nusxalarini ular rasmiylashtirilgan ondan 3 yil 
Ichida saqlash va Bankning birinchi talabi bo‘yicha ularni 3 kun Ichida Bankka taqdim qilish; 
6.1.15. agar Avtorizatsiya vaqtida Bankdan mos keluvchi buyruq olingan va Terminalning 
Chekida “Pick Up Card (Kartani olib qoling)” turdagi xabar chiqsa to‘lov sifatida taqdim qilingan 
shubhali Kartani barcha qonuniy usullarda to‘xtatib qolish. Bunda Sotuvchi Karta olib qolinganligi 
to‘g‘risida Banka zudlik bilan xabar qilishi lozim; 
6.1.16. Tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun faqat Bank o‘rnatgan Qurilmadan foydalanish; 
6.1.17. Bankning birinchi yozma talabi bo‘yicha 3 bank ish kuni Ichida Qurilmani unga qaytarish; 
6.1.18. Bankdan xabar olgandan so‘ng 5 bank kuni ichida Bank Umumiy shartlar va 
Yo‘riqnomaga muvofiq, shuningdek agar amalga oshirilgan Tranzaksiyalar SSK ko‘rsatgan 
faoliyat turiga mos emasligi qayd etilgan holatda SSK dan talab qilish huquqiga ega bo‘lgan har 
qanday Tranzaksiya bo‘yicha summani qaytarish; 
6.1.19. Bank SSK ga bergan Qurilmaning saqlanishi va vazifasiga ko‘ra ishlatilishini ta’minlash; 
6.1.20. Bankka Qurilmaning buzilishi, zarar yetishi va ishdan chiqishining barcha holatlari 
bo‘yicha o‘z vaqtida xabar berish; 
6.1.21. taqdim etilgan Qurilma yo‘qotilgan yoki unga zarar yetkazilgan holatlarda uning qiymatini, 
shuningdek barcha jarimalarni Bank Tarifiga muvofiq to‘lab berish; 
6.1.22. Bankning talabiga ko‘ra, SSK ga Bank tomonidan vaqtincha beg‘araz foydalanishga 
berilgan Qurilmaga zarar yetgan-singan holatda qurilma uchun xarajatlarni 1-Ilovaga muvofiq 
stavkalarda to‘lab berish; 
6.1.23. Bankka uning talabi bo‘yicha 1-Ilovaga muvofiq stavkalar bo‘yicha Qurilma 
yo‘qotilganligi yuzasidan kompensatsiyani to‘lab berish. 
6.1.24. Bankdan yozma so‘rov olgan onidan 3 bank kuni ichida Bankka SSK qo‘l ostida bo‘lgan 
barcha hujjatlarni Tranzaksiyalar bo‘yicha tergov o‘tkazish uchun taqdim qilish; 
6.1.25. Kartalardan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish va ularni aniqlash uchun 
vaqti-vaqti bilan Bank so‘rovi bo‘yicha Bankni ikkala tomonning fikricha oqilanona bo‘lgan 
yordam bilan ta’minlash; 
6.1.26. SSK ning rekvizitlari, faoliyat turi, Qurilmaning joylashgan joyi va h.k. bilan bog‘liq 
barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida Bankka zudlik bilan, yozma ko‘rinishda xabar berish; 
6.1.27. Karta Egasiga Kredit-Vaucherlar bo‘yicha barcha summalarni to‘lab berish. 
6.1.28. Bankning mas’ul xodimlariga SSK sotadigan tovar va xizmatlarning xarkateri va turi 
haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek Kartalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha SSK 
faoliyatini nazorat qilish imkoniyatini taqdim etish. 
6.1.29. SSK amaldagi qonunchilik, mazkur Umumiy shartlar va xalqaro to‘lov tizimlarining 
qoidalariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin