7-ILOVA Internet orqali xalqaro to‘lov tizimlarining kartalariga elektron tijorat xizmatlarini taqdim etishning UMUMIY SHARTLARI TERMIN VA ATAMALAR Umumiy shartlar - Internet orqali xalqaro to‘lov tizimlarining kartalariga elektron tijorat
xizmatlarini taqdim etishning umumiy shartlari.
Avtorizatsiya - SSK ning Xizmatlar Provayderidan Internet-maydonda Kartadan foydalanish
uchun operatsiyani amalga oshirishga ruxsat so‘rash va uni olish jarayoni. Tasdiqlash har bir
muayyan operatsiyani identifikatsiyalovchi noyob kodga ega. SSK Xizmatlar Provayderidan olgan
javobda kod mavjud bo‘lishi Kartadan foydalanib operatsiyani amalga oshirishga ruxsat
berilganligini anglatadi.
ADK - MPS operatsiyalarini qayta ishlash, shu jumladan Internet orqali tovarlarni (ishlar,
xizmatlar)
to‘lash
bo‘yicha,
Xizmatlar
Provayderida
o‘rnatilgan ixtisoslashtirilgan
avtomatlashtirilgan dasturiy kompleks.
Internet-Maydon - SSK yoki uning hamkorlarining, SSK ga Internet orqali tovarlarni xarid
qilishga buyurtmalarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi Internet tarmog‘idagi
Saytini o‘z ichiga oluvchi internet-resurs.
Karta - Emitent tomonidan mijozga - Umumiy shartlarga 1-ilovada ko‘rsatilgan MPS egidasi
ostida karta egasiga chiqarilgan bank to‘lov kartasi
Tranzaksiya - Karta egasi Karta yordamida, Avtorizatsiya o‘tish sharti bilan xorijiy valyutada
amalga oshiradigan naqdsiz operatsiya.
Vositachilik haqi - Bankning Umumiy shartlar bo‘yicha SSK ga taqdim etgan Xizmatlari uchun
mukofot.
Xizmatlar Provayderi - Bank bilan Standartga muvofiq Xizmatlar ko‘rsatishga shartnoma
imzolagan Bank yoki Kompaniya.