2. BANKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 2.1. BANKning majburiyatlari
: 2.1.1. SSK ga Sayt/Internet-Maydonlardan foydalanib Karta yordamida tovarlar (ish, xizmat)
uchun to‘lov operatsiyalarini o‘tkazish uchun ADK dan foydalanish imkoniyatini ta'minlash.
2.1.2. Umumiy shartlarning 2.1.1-bandida ko‘rsatilgan, ADK dan foydalanib Sayt/Internet-
Maydonda Kartalar yordamida amalga oshiriladigan Tranzaksiyalarning 24/7 rejimida
o‘tkazilishini tashkil etish.
2.1.3. Kartalarning qonuniy egalari o‘tkazgan, avtorizatsiyalangan Tranzaksiyalarning SSK dan
qabul qilinishi va qayta ishlanishini tashkil etish.
2.1.4. Karta yordamida to‘langan pul mablag‘larining SSK hisobvarag‘iga Bankning XTT
belgilagan avtorizatsiyalangan Tranzaksiyalarni qayta ishlash sanasidan 3 bank kuni ichida
ko‘chirilishini tashkil etish, 2.2.7-2.2.8 va 2.2.9 bandlardagi holatlar bundan mustasno.
2.1.5. Umumiy shartlarni bajarish natijasida Bankka oshkor bo‘lgan SSK va karta Egalarining
bank va tijoriy sirini saqlash.
2.1.6. Sayt/Internet-Maydonda tovar/xizmatlarni karta orqali to‘lash bo‘yicha operatsiyalarning
xavfsizligini ta'minlash.
2.1.7. Hisob oyidan keyingi oyning har 5-sanasidan kechiktirmasdan, har oy, SSK ga hisob-faktura
va ko‘rsatilgan Xizmatlar bo‘yicha bayonnoma taqdim etish.
2.2. Bankning huquqlari
: 2.2.1. SSK dan mazkur Umumiy shartlarda belgilangan majburiyatlarini bajarish uchun zarur
ma'lumotlarni olish.
2.2.2. Bank Tariflarida ko‘zda tutilgan miqdorda Vositachilik haqi to‘lovlari bo‘yicha pul
mablag‘larini, shuningdek mazkur SSK bo‘yicha to‘lov tizimlaridan olingan boshqa vositachilik
haqi va to‘lov talabnomalarini (chargeback va representment kabi) SSK ning qo‘shimcha
topshiriqlarisiz (akseptsiz) SSK ning Bankdagi hisobvarag‘idan yechish, Boshqa banklarga to‘lov
talablarini (akseptsiz) belgilash.
2.2.3. SSK Umumiy shartlarga 2-ilova bo‘yicha Qoidalarni buzgan holatda bir tomonlama tartibda
Tranzaksiya Avtorizatsiyasini o‘tkazishni to‘xtatish.
2.2.4. SSK ga Tranzaksiya Avtorizatsiyasi to‘xtatilganligi to‘g‘risida mos keluvchi xabarnomani
1 (bir) ish kunida yuborish.
2.2.5. Kartalar bilan firibgarlik operatsiyalarini, SSK ning xaridorlarga Bank bilan kelishilmagan
tovarlar (ish, xizmatlar) va soxta Sayt/Internet-Maydonchalarni taqdim etganligini aniqlash uchun
SSK ning birgalikda/bir tomonlama rejali/rejadan tashqari auditini o‘tkazish.
2.2.6. Agar Sayt/Internet-Maydonda sotilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) e'lon qilingan faoliyat
turiga bog‘liq emasligi va/yoki mazkur Umumiy shartlarning 4-Ilovasiga muvofiq man qilingan
tovarlar ro‘yxatida mavjudligi va/yoki Sayt/Internet-Maydon mablag‘larni naqd qilish bilan
shug‘ullanishi fakti belgilansa barcha Avtorizatsiyalarni zudlik bilan bloklash.
2.2.7. Agar bank o‘tkazilgan tranzaksiya bo‘yicha Fraud Report (firibgarlik to‘g‘risida hisobot)
yoki Chargerback (tranzaksiyadan bosh tortish) / representment (tranzaksiyadan takroriy bosh
tortish) qabul qilishi natijasida nizoli holatlar yuzaga kelganida, barcha holatlar aniqlanmagunicha,
bu to‘lov tizimlarining qoidalariga ko‘ra bir oydan to‘rt oygacha tashkil qilishi mumkin, SSK ga
pul mablag‘larini qoplab bermaslik huquqiga ega.
2.2.8. FraudGuard yoki Visa Fraud Monitoring Program monitoring dasturiga tushgan shubhali
tranzaksiyalarni bank-emitentlarga so‘rov yuborish orqali to‘liq tekshirguncha SSK
hisobvarag‘iga pul mablag‘lari tushirilishini to‘xtatib turish (muzlatish).
2.2.9. SSK tranzaksiyalarida xalqaro to‘lov tizimi (Visa, MasterCard yoki UPI) shubhali faollikni
aniqlaganida va brendni himoya qilish bo‘yicha ish ochganida yoki to‘lov tizimlarining shubhali
tranzaksiyalarni monitoring qilish dasturi bo‘yicha chegara limitlardan o‘tgan holatda bank
emitentlarga pul mablag‘larini qaytarib berish.
2.2.10. 3D Secure avtorizatsiyasi qo‘llab-quvvatlanmaydigan kartalarda avtorizatsiya o‘tkazish
huquqini bank o‘zida saqlab qoladi.