Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
3.1.
SSK ning majburiyatlari
:
3.1.1. Umumiy shartlarga 2-Ilovada ko‘rsatilgan Qoidalarga rioya qilish.
3.1.2. Internet-Maydon yoki Saytning XTT PCI DSS xavfsizlik
standartiga muvofiqligini
ta'minlash.
3.1.3. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun ushbu tovarlarga (ishlar, xizmatlar) naqd to‘langandagi
narxidan oshmaydigan narxlarda Karta orqali to‘lovlarni qabul qilish.
3.1.4. mijoz tovardan (ish, xizmat) bosh tortgan holatda Shartlarga muvofiq pul mablag‘lari
qaytarilishini ta'minlash, bunda pul mablag‘lari quyidagi ko‘rinishlarda qaytarilishi mumkin:
-
Bekor qilish Tranzaksiyasi - Tranzaksiyalarning inkassatsiyalangan paketi berilgunicha
Bankning maxsus saytida SSK shaxsiy sahifasi orqali elektron;
-
Qaytarib berish Tranzaksiyasi - mazkur Umumiy shartlarning 3-ilovasiga
muvofiq
"Mablag‘larni qaytarish haqida ariza shakli" yoki elektron ko‘rinishda, shu jumladan bekor
qilish Tranzaksiyasini rasmiylashtirish imkonsiz bo‘lgan holatda.
3.1.5. Umumiy shartlar bo‘yicha Bank Xizmatlari uchun Umumiy shartlarning 4-bo‘limida ko‘zda
tutilgan tartibda to‘lovni amalga oshirish.
3.1.6. Saytda Umumiy shartlarning 2-Ilovasi 4, 5-bo‘limlariga,
shuningdek Xizmatlar
Provayderining Saytida xavfsizlik masalalari hamda firibgarlikka qarshi kurash tartibini
belgilovchi bo‘limlarga muvofiq xaridorlar ma'lumotining maxfiyligini ta'minlash hamda to‘lovlar
xavfsizligini ta'minlashga tegishli ma'lumotni joylashtirish.
3.1.7. Kartalardan foydalanib amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha ma'lumotlarni (reestrlar,
xaridorlarning tovarlarni (ishlar, xizmatlar) qabul qilganligi to‘g‘risida imzolari, debet Kartalariga
topshiriqlar va boshq.) va operatsiyalar bo‘yicha Tranzaksiya amalga oshirilgan sanadan kamida
18 oylik hisobotlarni saqlash hamda ularni Bankka birinchi talab bo‘yicha topshirish.
3.1.8. Bank bilan Internet-Maydon(lar)ning to‘lov
sahifalari dizaynini, shu jumladan Umumiy
shartlarga 1-ilovada ko‘rsatilgan XTT logotipi bilan reklama
nakleykalarining elektron
variantlarini kelishish.
3.1.9. Majburiy tartibda Bankka quyidagi ma'lumotlarni taqdim etish:
•
Internet-Maydon(lar) xaridorlarga taqdim etadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati
to‘g‘risida, min/o‘rt/maks narx, tovar jo‘natilganligi to‘g‘risida pochta xizmatlarining
kvitansiyalarini ko‘rsatgan holda;
•
Sayt Internet-Maydon(lar)ning domen nomi va uning istalgan o‘zgarishlari haqida.
•
Sayt Internet-Maydonlar tranzaksiyasi amalga oshirilgan IP-manzillar
va uning istalgan
o‘zgarishlari to‘g‘risida ma'lumot.
3.1.10. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga binoan savdosi man etilgan tovarlarni sotish.
Man qilingan tovarlar ro‘yxati mazkur Umumiy shartlarga 4-ilovada keltirilgan.
3.1.11. Bankka har bir Sayt/Internet-Maydonda bajarilgan operatsiyalarni ro‘yxatga olish elektron
jurnallari va/yoki ma'lumotlar bazasidan doimiy foydalanish huquqini taqdim etish.
3.1.12. Bank belgilagan muddatda Bankka Kartalar bilan firibgarlik harakatlari amalga
oshirilganligi yuzasidan shubha uyg‘otgan va/yoki SSK ning Bank bilan kelishilmagan tovarlarni
(ishlar/xizmatlar) taqdim etgan operatsiyalar bo‘yicha hisobot berish.
3.1.13. Internet-Maydonlari va veb-sahifani komprometatsiyaga (noqonuniy harakatlar natijasida
mijoz va ularning Karta ma'lumotlaridan begona shaxslarning foydalanish imkoniyati) olib kelishi
mumkin bo‘lgan viruslar va zaifliklar, zararli, reklama dasturlari va troyanlar mavjudligiga doimiy
ravishda tekshirish.
3.1.14. To‘lov rekvizitlari, taqdim etiladigan ishlar, xizmatlar va sotiladigan tovarlar bilan bog‘liq
barcha o‘zgarishlar, oldinroq Bankka taqdim etilgan SSK to‘g‘risidagi boshqa hujjatlar va boshqa
ma'lumotlarda o‘zgarishlar to‘g‘risida Bankka yozma ko‘rinishda zudlik bilan xabar berish.
3.1.15. SSK ga Umumiy shartlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarish vaqtida oshkor bo‘lgan Bank
va Karta Egalarining bank va tijoriy sirini saqlash.
Dostları ilə paylaş: