5. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI 5.1. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda Umumiy shartlar talabiga
muvofiq Umumiy shartlar bo‘yicha javobgarlikka ega.
5.2. Tomonlardan biri Umumiy shartlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim
darajada bajarmagan holatda boshqa Tomon aybdor Tomondan qabul qilgan majburiyatlarini
bajarishni, shuningdek unga yetkazilgan zararlarni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
5.3. Bank Umumiy shartlarning 2.1.4-bandida belgilangan pul mablag‘larini ko‘chirish
muddatlarini buzgan holatda Bank SSK ga har bir kechikkan kun uchun o‘z muddatida
ko‘chirilmagan ko‘chirilishi lozim bo‘lgan summadan 0,2% (nol butun o‘ndan ikki foiz)
miqdorida neustoyka to‘lab berishi shart.
5.4. Mazkur Umumiy shartlarning 2.2.6-bandida ko‘rsatilgan bir yoki barcha faktlar tasdiqlangan
holatda SSK bankka nomuvofiq bo‘lgan tovar (ish, xizmat) summasidan 5% miqdorida penya
to‘lab beradi.
5.5. SSK o‘z xodimlarini Umumiy shartlar, shuningdek unga ilovalarning buzilishi bilan bog‘liq
harakatlari uchun, agar ular SSK ning Umumiy shartlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligi
yoki lozim darajada bajarmasligiga olib kelgan bo‘lsa, javobgarlikka ega.
5.6. SSK mazkur Umumiy shartlarning 3.1.2, 3.1.6, 3.1.11 va 3.1.12 bandlarini bajarmaganligi
uchun Sayt/Internet-Maydoniga xakerlar hujumi bilan bog‘liq mijozlar va ularning Kartalari
ma'lumotlaridan noqonuniy foydalanish imkoniyati yuzaga kelgani uchun hamda noto‘g‘ri
rasmiylashtirilgan yoki XTT qoidalari buzilib amalga oshirilgan har qanday Tranzaksiya
uchun to‘liq va shartsiz javobgarlikka ega. Bunday holatda Bank SSK hisobvarag‘idan
shartsiz tartibda XTT Bank munosabatida qo‘llagan jarima sanksiyalarining summasi
miqdorida pul mablag‘larini yechib oladi.
5.7. Bank javobgarlikka ega emas
-
SSK ning Umumiy shartlarning 2.2.3-bandida ko‘zda tutilgan holatlarda Tranzaksiya
Avtorizatsiyasi o‘tkazilishi to‘xtatilishi bilan bog‘liq ehtimoliy zararlari uchun;
-
Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan yoki XTT qoidalari buzib amalga oshirilgan har qanday
Tranzaksiya uchun.
-
Ma'lumotlari oshkor bo‘lgan Kartalardan Tranzaksiyalar uchun, shu jumladan, agar
Tranzaksiyalar XTT standartlariga muvofiq amalga oshirilganligi belgilangan yoki
isbotlangan bo‘lsa.