"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

6.
 
FORS-MAJOR 
 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
6.1. Tomonlar Umumiy shartlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada 
bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod bo‘ladi, agar majburiyatlarining bajarilishi Umumiy 
shartlar qabul qilinganidan keyin yuzaga kelgan yengib bo‘lmas kuch, ya'ni favqulodda va mazkur 
holatda oldini olib bo‘lmas sharoitlar oqibatida imkonsiz bo‘lgan bo‘lsa. Bunday sharoitlarga 
Tomonlar, shu jumladan, lekin istisno qilmasdan, quyidagilarni kiritadi: tabiiy ofatlar, aloqa 
liniyalari va/yoki vositalarining shikastlanishi, O‘zbekiston Respublikasining hududida yoki uning 
alohida hududlarida harbiy yoki favqulodda vaziyat joriy etilishi, ish tsahlashlar, davlat hukumat 
organlari va/yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining Tomonlarning Umumiy shartlar 
bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni imkonsiz qiladigan me'yoriy-huquqiy va boshqa 
hujjatlarning qabul qilishi. 
6.2. Agar Umumiy shartlarning 6.1-bandida keltirilgan sharoitlar majburiyatlarning Umumiy 
shartlarda ko‘rsatilgan muddatda bajarilmasligiga bevosita ta'sir qilgan bo‘lsa, unda bu muddat 
mos keluvchi sharoitning ta'sir vaqtiga teng hamda uning oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur 
muddatga suriladi. 
6.3. Umumiy shartlarning 6.1-bandida keltirilgan sharoitlar oqibatida majburiyatlarini bajarishi 
imkonsiz bo‘lgan Tomon ushbu sharoitlar yuzaga kelgan va yakunlangan ondan 3 (uch) kundan 
ko‘p bo‘lmagan muddatda boshqa tomonni bu haqida yozma shaklda xabardor qilishi shart. Xabar 
sharoitlar xarakteri to‘g‘risidagi ma'lumotlar, shuningdek, imkoni boricha, Tomonning Umumiy 
shartlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini ijro etish imkoniyatiga sharoitning ta'sir qilish bahosiga ega 
bo‘lishi lozim. 
6.4. Agar Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilayotgan Umumiy shartlarning 
6.1-bandida ko‘rsatilgan sharoit 3 (uch) oydan uzoq davom etsa, har bir Tomon boshqa tomonga 
oldindan yozma xabar yuborish yo‘li bilan bir tomonlama tartibda Umumiy shartlarni ijro 
qilishdan bosh tortish huquqiga ega. Mazkur xabar Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlarning 
taqdim qilinishi/ulardan foydalanish to‘xtatilishi kutilayotgan sanadan 10 (o‘n) kundan ko‘p 
bo‘lmagan muddatda kuryer yoki pochta (topshirilganligi haqida xabar bilan) orqali yuborilishi 
lozim. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin