7. UMUMIY SHARTLARNI TUGATISH MUDDATI VA TARTIBI 7.1. Umumiy shartlar Mijoz Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlarni taqdim etish to‘g‘risida ariza
berish orqali akseptlagan ondan kuchga kiradi va aniqlanmagan vaqt davomida amal qiladi.
7.2. Tomonlardan har biri Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlardan foydalanish/ularning taqdim
etilishi to‘xtatilishi kutilayotgan sanadan kamida 30 (o‘ttiz) kun oldin Boshqa tomonni bu haqida
yozma xabardor qilgan holda Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlardan foydalanish/ularning
taqdim qilinishidan bosh tortish huquqiga ega. Mazkur xabar kuryer bilan yoki pochta orqali
(topshirilganligi haqida xabar bilan) yuborilishi lozim.
7.3. Bank Umumiy shartlarning 7.2 yoki 6.4-bandida ko‘zda tutilgan, Umumiy shartlar bo‘yicha
xizmatlardan foydalanish/ularni taqdim etishni to‘xtatish to‘g‘risidagi xabarni SSK yo‘naltirgan
yoki xabarni SSK dan olgan ondan Tranzaksiyalar Avtorizatsiyasi o‘tkazilishini to‘xtatadi.
7.4. Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlar taqdim etilishi/ulardan foydalanishning to‘xtatilishi
Tomonlarni Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlarni taqdim etish/ulardan foydalanish to‘xtatilgan
sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha barcha o‘zaro hisob-kitoblar va Umumiy
shartlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etilmaydi. Umumiy shartlar
bo‘yicha xizmatlarni taqdim etish/ulardan foydalanish to‘xtatilgan holatda Tomonlar Umumiy
shartlar bo‘yicha barcha o‘zaro hisob-kitoblarni va to‘lovlarni Umumiy shartlar bo‘yicha
xizmatlar taqdim qilinishi/ulardan foydalanish to‘xtatilgan sanadan keyin 180 (bir yuz sakson) kun
davomida amalga oshirish majburiyatini oladi.
8. YAKUNIY QOIDALAR 8.1. Tomonlar, Umumiy shartlar doirasida Tomonlar o‘rtasida munosabatlarni huquqiy tartibga
solish manbai Umumiy shartlar, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, XTT qoidalari,
Standartlari va tavsiyalari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmasa,
hisoblanishiga rozilik bildirishadi. Qoidalarga zid bo‘lmagan Umumiy shartlarning har qanday
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
shart va qoidalari (ham Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlar taqdim etilayotgan onda ma'lum
bo‘lgan, ham kelajakda ishlab chiqilgan) qoidalarga muvofiqlashtirilishi lozim.
8.2. Ushbu bilan SSK Bankka Umumiy shartlar amal qiladigan butun muddat davomida va u
tugatilganidan so‘ng qo‘shimcha 6 (olti) taqvim oyi davomida haqiqiy bo‘lgan, ham Bankda, ham
istalgan boshqa Bankda, istalgan valyutada ochilgan hisobvaraqlaridan shartsiz tartibda Umumiy
shartlarning 4-bo‘limiga ko‘ra Bankka tegishli bo‘lgan, shuningdek Umumiy shartlar predmetiga
tegishli bo‘lgan amaldagi qonunchilik, Umumiy shartlar, XTT qoidalarida ko‘zda tutilgan
holatlarda Karta Egalariga qaytarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘larini yechishning izohsiz,
shartsiz, bevosita yechish huquqi/topshirig‘ini taqdim etadi.
8.3. Umumiy shartlardan yoki u bilan bog‘liq tarzda yuzaga kelgan barcha nizolar,
kelishmovchiliklar yoki talablarni Tomonlar kelishuvlar yo‘li bilan tartibga soladi. Kelishuvga
kelinmagan holatda Tomonlar o‘rtasidagi nizo O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligiga muvofiq Xalqaro iqtisod sudida ko‘rib chiqilishi lozim.
8.4. Umumiy shartlarda barcha o‘zgarishlar va unga qo‘shimchalar Bankning rasmiy saytida
(
www.nbu.uz
) va Bankning "Ibank" masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimida e'lon
qilinadi.
8.5. Umumiy shartlarning 2-bo‘limida ko‘zda tutilgan yozma xabarlar faks yoki elektron pochta
manzili yoki mijoz oldinroq taqdim qilgan manzil bo‘yicha buyurtmali xat orqali yuboriladi.
8.6. Umumiy shartlarga barcha ilova va qo‘shimchalar uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Internet orqali xalqaro to‘lov tizimlarining
kartalariga elektron tijorat xizmatlarini taqdim
etishning umumiy shartlariga