4-Ilova MAN ETILGAN TOVARLAR RO‘YXATI
Erotik va pornografik xarakterdagi tovar va/yoki xizmatlar.
Alkogol va tarkibida spirt mavjud mahsulotlar (shu jumladan kam alkogolli ichimliklar)
Tamaki va tamaki mahsulotlari.
Litsenziyalanuvchi faoliyat turlari, amaldagi litsenziya va/yoki maxsus ruxsatnomalar
bo‘lmaganida.
Ishlab chiqaruchi/yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘lmaganida
agentlik faoliyati.
Dori vositalari va tibbiy preparatlar, biologik faol qo‘shimchalar (BFQ).
Tarixiy va madaniy qadriyatlar, muzey eksponatlari.
Amaldagi qonunchilikda man qilingan giyohvandlik va psixotrop moddalar.
Tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovarlarning to‘liq yoki qisman nusxasi
hisoblanuvchi tovarlar, veb-saytda (shuningdek tovarlarning o‘zida) bu nusxa ekanligi
ko‘rsatilmasa.
Mos keluvchi litsenziyasiz (ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan) xayr-sahovat, badallar yig‘ish.
Yetkazib beruvchilar (distribyutorlar) va/yoki huquq egalari bilan shartnoma tuzmasdan
raqamli tovarlar savdosi.
Barcha turdagi qimor o‘yinlari, qonunchilikka muvofiq rasmiy ro‘yxatga olingan lotareyalar
bundan mustasno.
Zo‘ravonlik, millatlararo nizolar, terrorizm va ekstremik faoliyatni ommalashtiruvchi
mahsulot va materiallarni sotish va tarqatish.
Amaldagi qonunchilikka zid bo‘lgan yoki ularga nisbatan cheklov yoki boshqa savdo
qoidalari amal qiladigan tovar va/yoki xizmatlar.
Uchinchi shaxslar foydasiga to‘lov xizmatlarini taqdim etish, o‘zining shaxsiy "virtual"
hisobvarag‘ini
to‘ldirib,
keyinchalik
pul
mablag‘larini
uchinchi
shaxslarning
tovar/xizmatlariga sarflash, ko‘chirilgan pul mablag‘lari, elektron valyutalarni ayirboshlash
va/yoki konvertatsiya qilish, shuningdek naqdsiz pul mablag‘larini "virtual" hisobvaraqdan
chiqarish va/yoki naqd pul ko‘rinishida olish bilan shug‘ullanuvchi savdo-servis korxonalari
uchun to‘lov tizimlari va/yoki to‘lov vositalarining agregatorlari.
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Internet orqali xalqaro to‘lov tizimlarining
kartalariga elektron tijorat xizmatlarini
taqdimetishning umumiy shartlariga