Savdo va xizmat ko‘rsatish ob'ektlari - mulkchilik shakllaridan, Sotuv hajmidan, inshootning
o‘lchamidan va hokazolardan qat'i nazar, tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan
(moslashtirilgan) joy yoki inshoot.
To‘lov terminali – BPK egasiga xarid qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun
to‘lovlarni amalga oshirish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa amaliyotlarni bajarish
va har bir bajarilgan amaliyot bo‘yicha cheklarni shakllantirish imkoniyatini beruvchi qurilma.
To‘lov operasiyasi – bank kartalaridan foydalangan holda tovar (ish, xizmat) uchun to‘lov.
Slip - bank plastik kartochkasidan foydalangan holda operasiya o‘tkazilganligini tasdiqlovchi va
o‘zida operasiya summasi, turi, sanasi, shuningdek, bank plastik kartochkasini hamda ushbu slipni
shakllantirgan terminalni identifikasiya qilish imkonini beruvchi axborotlarni aks ettiruvchi
terminal kvitantsiyasi.
To‘lovni qaytarish - mijoz tomonidan amalga oshirilgan tranzaktsiya bo‘yicha plastik karta
hisobvarag‘iga to‘lovni qaytarish.
1. UMUMIY QOIDALAR 1.1.
Ushbu savdo terminalidan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha umumiy
shartlar (bundan buyon matnda – "shartlar") bank tomonidan vaqtincha foydalanish uchun mijozga
taqdim etilgan to‘lov terminali orqali uning mahsulotlar (ish, xizmat va tovarlar)ni naqdsiz shaklda
sotib olish uchun to‘lov vositasi sifatida taqdim etilgan plastik kartalardan to‘lovni qabul qilish,
to‘lov terminalini ijaraga berishni va to‘lov terminali hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatishni hamda
bank va mijozi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi.
2. HISOB-KITOBLAR TARTIBI VA SHARTLARI 2.1.
Ushbu shartlar bo‘yicha barcha hisob-kitoblar milliy valyutada amalga oshiriladi.
2.2.
Terminaldan foydalangani uchun mijozning asosiy x/r idan xar bir tranzaktsiya uchun
tranzaktsiya summasidan bankning amaldagi tarifiga asosan xizmat xaqi undiriladi.
2.3.
Shartlar boyicha xizmat korsatish, tomonlarni birini talabiga ko‘ra bekor qilingan sanadan
boshlab 2 (ikki) kun ichida terminal bankga qaytarilmasa, mijozga nisbatan terminalni o‘z vaqtida
qaytarmagan har bir kechiktirilgan kun uchun terminal balans qiymatining 0.1% miqdorida, lekin
terminal balans qiymatining 50% oshmagan miqdorda penya hisoblanadi.
2.4.
Ushbu shartlar bo‘yicha terminal olish uchun ariza taqdim qilingan sanadan boshlab 3(uch)
bank ish kunida terminal mijozga taqdim etilmasa, bankka nisbatan har bir kechiktirilgan kun
uchun terminal balans qiymatining 0.1% miqdorida lekin terminal balans qiymatining 50%
oshmagan miqdorda penya hisoblanadi.