Mavzu: Maktabgacha ta’lim metodikasi
xonasi
Reja:
1.Maktabgacha ta’lim metodikasi xonasi haqida tushuncha
2.Maktabgacha ta’lim metodika kabineti ishining mazmuni
3. Maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining asosiy shakllari.
;
Respublika maktabgacha ta'lim
metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi
va malakasini oshirish maqsadida tegishli
shart-sharoit yaratiladi (buning uchun
ma'ruzalar, Amaliytreninglar,
ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil
etiladi).
4. Respublika maktabgacha ta'lim
metodikasi kabinetida ilmiy pedagogik va
uslubiy adabiyotlar uchun kutubxona
tashkil qilinadi.
Tuman maktabgacha ta'lim
metodikasi kabinetining sohaga doir
me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha
ta'lim vazirligi, boshqarmalari va
bo'limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar,
farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida
besh yilga mo'ljallangan istiqbol rejasi
tuziladi.
Yillik rejada metodika kabinetining
har bir o'quv yiliga taalluqli faoliyati aks
etadi.
Chorak va oylik rejalarida yillik reja
belgilangan vazifalarning bajarilishi
muddati aniq qayd etiladi.
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy
ishlarni bosqichmabosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy
e'tibor o'quv, ta’lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini o'rganish, maktabgacha ta’lim
muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira,
metodist, tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo'yicha
uslubiy yordam ko'rsatish muassasalarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini
yo'lga qo'yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo'lgan
muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri va samarali tashkil etish kabi
masalalarning bajarilishiga qaratiladi.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli
tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli
uning maqsadi va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim
muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo
xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha
muassasalarni qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta'lim muassasalari soni va nomi ko'rsatiladi. Xulosa qilib
aytganda, tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi -
pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg'or
pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha
tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma
va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |