yevropatsentrizmdan (
yev- ropa xalqlari madaniyati, adabiyoti, tarixi va boshqa xususiyat - larini boshqa xalqlardan ustun qo‘yish) voz kechish, bir xalqni
boshqasidan ustun qo‘ymaslik, madaniyat va adabiyotning
yagona modelini yaratish g‘oyasi tashkil qiladi. Shu jihatdan
multikulturalizm namoyandalari insoniyat sivilizatsiyasini,
jumladan, jahon adabiyotini ulkan «mozaikaga» o‘xshati
shadi. Ularning fikricha, qotib qolgan dogmalar, markazlash-
tirish mantiqi bilan u yoki bu adabiy hodisalarga baho berib
bo‘lmaydi. Badiiy adabiyotdagi multikulturalizm barcha
adabiy hodisalarni teng ko‘rib, birini ikkinchidan kamsitma
gan holda o‘rganadi.
Rus adabiyotshunosligida multikulturalizmga xos ilk
na zariy fikrlar XX asr boshida bitilgan ilmiy maqolalarda
uchraydi. Rus olimi
S.A.Vengerovning ta’kidlashicha(1919),
haqiqiy adabiyotshunos diqqatini faqat mashhur namoyan
dalargagina emas, adabiy jarayonning boshqa vakillariga ham
qaratmog‘i kerak. Chunki ba’zan aynan ular u yoki bu davr
ga xos xususiyatlarni yaqqolroq ifodalashga qodirdirlar (…
я считаю совершенно ненаучным изучат литературу толко в eе крупных представителях. Бывает даже так, что мелкий писател, сплош да рядом ярче характеризует ту или другую эпоху, чем писател крупный )
2
.
1
Гасанова Н. К определению концепта «мультикультурализм» // https://cyberleninka.ru/
article/v/k-opredeleniyu-kontsepta-multikulturalizm
2
Академические школы в русском литературоведении. – М.: Наука, 1975. – С.179.
Ba’zi ilmiy maqolalarda aynan bir masalaga turlicha qa
rashni kuzatish mumkin. V.M.Jirmunskiy(1891–1971) va
N.I.Konrad (1891–1970) bir makon va bir zamonda yashab
ijod qilgan, qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasi rivoji
ga ulkan hissa qo‘shgan taniqli olimlardir. Ularning «Alisher
Navoiy va Renessans» masalasiga bag‘ishlangan maqolalari
da N.I.Konrad multikulturalizm g‘oyalariga
1
, V.M.Jirmunskiy
yevropatsentrizm aqidalariga
2
tayanadi.
N.I.Konrad «Layli va Majnun» asaridagi epizodlarni G‘arb
adabiyotidagi Tristan va Izolda, Usta va Margarita bilan qiyos-
lasa, V.M.Jirmunskiy Navoiy qarashlarini Dante, Leonardo
da Vinchi, Petrarka qarashlari bilan taqqoslaydi. N.I.Konrad
Navoiy ijodidagi universallikka e’tibor qaratib, Navoiy bar
cha xalqlar shoiri, degan xulosaga keladi. V.M.Jirmunskiy esa
Navoiy «uyg‘onish davri G‘arb titanlari» bilan hamfikr ekani,
ularning g‘oyalari shoir asarlarida aks etgani haqidagi fikrni
ilgari suradi.
Har ikkala maqolada ham Renessans umumiy maydon si
fatida ko‘rsatilgan, ammo V.M.Jirmunskiy g‘arbning madani
yat, ma’naviyat, ilm-fan jabhasidagi yutuqlari sharqnikidan
ustunligini ko‘rsatishga harakat qiladi. N.I.Konrad esa Sharq
ma’naviyati va madaniyati o‘zining qadim sarchashmalari
ga ega bo‘lgani, bu borada G‘arbga ehtiyoj sezmaganini qayd
qiladi. Olim multikulturalizmdagi xalqlararo tenglikka asos
langan konsepsiya asosida hech bir xalq o‘zini boshqasidan
ustun qo‘yishi kerak emasligi haqidagi g‘oyani qo‘llab quvvat
laydi (…
ни у кого нет право считат себя народом особым, 1
Конрад Н.И. Средневосточное возрождение и Алишер Навои // Иностранная
литература. №2. – М., 1966. – С.212 – 220.
2
Жирмунский В.М. Алишер Навои и проблема Ренессанса в восточных лите ратурах //
Ученые записки ЛГУ. Сер. филол. наук. 1961. Вып. №59. – С.86 – 97.
52
53
превосходящэм всех других, мания величия у натсии стол же ложна, вредна и просто смешна, как и мания величия у отделного человека) 1 . Xullas, milliy, hududiy, jahon adabiyoti, adabiy aloqalar,
multikulturalizm va boshqalar adabiyotlararo jarayonlarning
shakllari hisoblanadi.