16
4-mаvzu. IX-XVIII аsrlаrdаgi O’rtа Оsiyo dаvlаtlаrining tаriхiy аtаmаlаri
Rеjа:
1.
IX-XVIII аsrlаrdаgi O’rtа Оsiyo dаvlаtlаrining siyosiy аtаmаlаri
2.
IX-XVIII аsrlаrdаgi O’rtа Оsiyo dаvlаtlаrining iqtisоdiy аtаmаlаri
3.
IX-XVIII asrlar O’rtа Оsiyo davlatlarining tashqi aloqalariga doir atamalar
4.
IX-XVIII аsrlаrdаgi O’rtа Оsiyo dаvlаtlаri mаdаniyatigа оid аtаmаlаr
Islom dinining paydo bo`lishi va O`rta Osiyoda tarqalishi.
VII asrning ikkinchi yarmi — VIII asrning boshlarida O`rta Osiyoga arablarning xujumi
ko`chaydi va natijada ko`plab hududlar arab hukmronligi ostiga o`tdi. Arablar O`rta Osiyo
xalqlarini yangi din — Islomga kiritdilar. Xuddi shu davrdan arab tili va yozuv keng tarqaldi.
Natijada tilimizga arab to`xtalar ekanmiz, istilochilarning Movarounnahrda o`rnatilgan siyosiy
hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta`minlash uchun Islom dinini targ’ibotini
va uni erli aholi o`rtasida ijtimoiy tabaqalardan qat’iy nazar, kengroq yoyishga ahamiyat
berdilar. Bir nechta majusiy dinlarga topinuvchi va o`z diniga e`tiqodi kuchli bo`lgan
Movarounnahrni e`tiqodli aholisini uzil — kesil buysundirishda yagona dinga — Islom diniga
birlashtirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini arablar yaxshi tushunardilar. Islom dini boshda
zo`rlik bilan aholi o`rtasida targ’ib qilindi. Islom dinining kirib kelishi, shubhasiz, O`rta Osiyo
xalqlari hayotida yangi davrni boshladi.
Islom arab dunyosida paydo bo`lgan bo`lsada, uning huquqiy asosi O`rta Osiyoda
shakllandi. Qur`onga sharhlar (Tavsir), Xadis ilmi va fiqx (Islom xuquqshunosligi) kabi Islom
dinidagi alohida sohalarning paydo bo`lishi va taraqqiyotiga O`rta Osiyolik olimlar, ulamolar
hissa qo`shdilar. Buni butun Islom olami ham e`tirof etib kelmoqda.
Prezidentimiz I.Karimov shunday degan edi: «
Men faxr bilan aytishim mumkinki,
xalqimizning butun tarixi davomida xech qanday nizo, odamlarni millati va diniy mansubligiga
qarab ayirish hollari bo`lmagan va biz xech qachon yo`l qo`ymaymiz
». Aytish mumkinki, bu
dinlararo bag’rikenglik — tolerantlikning ko`rinishidir.
Tolerantlik
(lot Tolerantia — sabr) boshqalarning fikr, e`tiqod va erkinliklariga
bag’rikenglik va sabr–toqat bilan munosabatda bo`lishdir.
Dostları ilə paylaş: