Namangan davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/73
tarix26.11.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#135856
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Zimmiylar
– Islom dini hukmron bo`lgan mamlakatlarda yashab turuvchi, ammo boshqa 
dinlarga mansub bo`lgan musulmonlar himoyasidagi aholi, yoxud shartnoma kishilari. O`rta 
asrlarda arab halifaligida musulmon bo`lmagan aholiga ma`muriyat bilan ikki o`rtada tuzilgan 
shartnoma asosida shaxs va mulk daxlsizligi hamda o`z dinlariga erkin sindirishi xuquqni 
ta`minlash haqidagi kafolat. Islom davlati o`z himoyasida saqlab turganligi zimmiylar jon solig’i 
— juz’ya va er solig’i xiroj to`lashga majbur bo`lganlar. 
Zoxid
— VIII—X asrlarda Movarounnahrda molu—dunyoga rag’bat va xoxishi 
bo`lmagan kishi tarki dunyo qilgan va hayot lazzatlaridan voz kechgan kishi. Zoxidlar 
musulmonlarni bu dunyo rohat farogatidan voz kechishga, jabr zulmga chidashga undaganlar. 
Zoxidlik so`fiylikning ayrim oqimlari bilan bog’liq bo`lgan. 
Iyd, iyd ayomi
— musulmonlarning diniy bayramlari Iyd atamasining bir oz buzilgan 
o`zbekcha talaffuzi xayitdir. O`tmishda etti kun davom etadigan iyd al—qurbon, ya`ni qurbon 
xayiti (ba`zi manbalari 3 yoki 4 kun bo`lgan) va uch kun davom etadigan iyd as—fitr, ya`ni 
ro`za xayiti kunlari orasida iyd ayyomi deb yuritilgan. 
Ilohiyot
— diniy aqidalar va ular x:aqidagi ilohiy ko`rsatmalarni o`z ichiga olgan diniy 
ta`limot. Ilohiyot hozir ham diniy Madrasa, institut va universitetlarda o`qitiladi. Islomda 
ilohiyot ilk shakllanishi davridan boshlab Kalas deb nomlangan 
Iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar 
(arablar davri)

Xiroj
— YAqin va O`rta SHarq mamlakatlarida, jumladan, O`rta Osiyoda davlat 
tomonidan undirilgan er solig’i. Xiroj arablar tomonidan joriy qilingan. Xiva va Qo`qon 
xonliklarida hamda Buxoro amirligida joriy yig’ish uchun har bir viloyatlarga sarkor, devonbegi 
va kotib saylangan. Xiva xoni Muhammad Raxim I xirojni pul bilan undirishni joriy qilgan. 
Bunda xiroj olingan hosil miqdoridan emas, balki er egasining xo`jaligi va er maydoniga qarab 
olingan. Qo`qon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin xiroj bu erda natura o`rniga 
pul bilan yiriladigan bo`lgan. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin