Namangan davlat universiteti


Bolish — mo`g’ullar imperiyasida tillo pul birligi bolish, 8 misqol, u 2 donga teng bo`lgan.  Botmon



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/73
tarix26.11.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#135856
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Bolish —
mo`g’ullar imperiyasida tillo pul birligi bolish, 8 misqol, u 2 donga teng bo`lgan. 
Botmon
— SHarq mamlakatlari, jumladan, O`rta Osiyoda Qadimgi davr va o`rta asrlarda 
mavjud bo`lgan og’irlik o`lchovi birligi. Botmon turli davrlarda turli joylarda miqdori o`zgarib 
turgan. Masalan XIX asrda bir botmon Xivada 20,16 kg dan 40,95 kg gacha, Buxoro va 
Samarqandda –8 pud (1 pud 16 kg) ya`ni 131,44 kg Fargonada – 8–10 pud ya`ni 131,44 kg dan 
163,800 kg gacha, Toshkentda – 10,5 pud ya`ni 171,99 kg ga teng bo`lgan. SHuningdek, O`rta 
Osiyoda botmon sifatida er o`lchovi sifatida ham qo`llanilgan, ya`ni bir botmon og’irlikdagi 
bug’doy sepilishi mumkin bo`lgan er bir botmon hisoblangan bu taxminan bir gektarga teng satx 
o`lchov belgisi bo`lgan. 
Gaz
— SHarq mamlakatlarida taxminan 62 sm dan 91,5 sm ga teng bo`lgan uzunlik 
o`lchov birligi. 
Dinor
– o`rta asrlarda Arab halifaligi hududida ishlatilgan tilla pul. XIV asrda 
Movarounnahrda bir dinor ikki misqol kumushga teng bo`lgan. Bir misqol 4,53—4,55 grammni 
tashkil qilgan. 
Dirham
— o`rta asrlardagi arab kumush tangasi. XIV asrda Movarounnahrda dirham 3g’1 
(uchdan bir) misqol og’irlikdagi kumush tanga bo`lgan. Og’irligi 3,12 grammga teng. 
Dong
— biron narsaning oltidan bir qismi, dinor yoki dirhamning oltidan bir qismiga 
to`g’ri keladi (bir dirham 2 kirot, bir qirot 0,19 gr ga teng), XIV – XIX asrlarda bir Buxoro dongi 
0,8 kg ga teng bo`lgan. 
Jav
— og’irlik o`lchovi, arpa donasi, 0,045 grammga teng bo`ladi. 
Zar`
— uzunlik o`lchovi, 107 sm ga teng. 
Zira`
— masofa o`lchovi, taxminan 79,8 sm ga teng. 
Istor
– og’irlik o`lchovi to`rt yarim (21 gr) misqolga teng. 
Kurux
— masofa o`lchovi, taxminan 2 km. 
Misqol
— og’irlik o`lchovi birligi. SHarq mamlakatlarida qimmatbaho toshlarning 
vaznlarini aniqlash uchun ishlatilgan o`lchov birligi. VI — VIII asrlarda Samarqandda bir misqol 
4,6 grammga, o`rta asrlarda O`rta Osiyo hududida bir misqol 4,25 grammga teng bo`lgan. XIX 
— XX asrlarda Farg’onada bir misqol 4,53–4,55 grammga teng bo`lgan og’irlik o`lchovi 
hisoblangan. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin