33
benefitsiyning umrbod beriladigan in`omdan merosga qoldiriladigan feodal mulkiga – feodga
aylanishi feodallashish jarayonining muhim tomonlaridan biri bo`ldi. Ilgari qirol bilan
chambarchas bog’langan benefitsiy egalari tobora mustaqil bo`la borib, ularning ko`plari
tamomila erkin bo`lib olishdi. Yirik benefitsariylar qiroldan qudratliroq bo`lib qoldilar, bu esa
qirol hokimiyatining zaiflashuviga va davlatning bo`linib ketishiga sabab bo`ldi. Karl Martell
boshlagan hamda uning o`g’li Pipin va nabirasi Buyuk Karl davom ettirgan agrar to`ntarishning
natijasi ana shunday bo`ldi.
Benefitsiyga Rus’da «milost’» (exson), keyinchalik pomest’e, Vizantiyada — proniya,
arab davlatlarida iqto, Hindistonda — jagir atamalari taxminan muvofiq keladi.
Katolik cherkovida benefitsiy — cherkov lavozimini va u bilan bog’liq bo`lgan
daromadlarni bildiradi.
Gayda
— Angliyada ilk o`rta asr davrida bir oilaga tegishli jamoa eri. Erning o`rtacha
xajmi 120 akr xaydalgan erni tashkil kiladi (1 akr— 0,4 gektarga teng). Xaydalgan er bilan bir
qatorda gaydaga yaylov erlari ham kirardi.
Ganza
— XIV— XVI asrlarda (ragman 1669 yilgacha) Lyubek boshchiligida bo`lgan
shimoliy nemis shaharlarining savdo ittifoqi ganzadir. XI — XII asrdagi nemis savdogarlarining
vorisi sifatida vujudga keldi. Nemis savdogarlari SHimoliy va SHarqiy Yevropa savdagorlar
nisbatan zaif bo`g’gan sharoitda nemislarning slavyan mamlakatlarining mustamlakaga
aylantirish sohasidagi muvaffakiyatlardan foydalanib va nemis ritsarlik ordenlarining harbiy
kuchlariga olgan–edilar. XIII asrning boshlarida SHimoliy nemis shaharlarining ayrim
guruhlari, boshqa mamlakatlarda savdo imtiyozlarini qo`lga kiritdilar va u erda (avvalo
Golland, Visbi shaxrida) o`z kontoralarini asosladilar, bu erdan nemis savdogarlari Novgorodga
kirib keldilar. XIII asrning ikkinchi yarmida SHimoliy va Boltiq dengizlari o`rtasida qo`ltiq
bo`ylab o`tadigan yo`lni himoya qilish va birgalikda pul chiqarish uchun Lyubek, Gamburg,
Lyuneburg, SHtral’zund va boshqalar o`rtasida bitim tuzildi. 1356 yili «
Dostları ilə paylaş: