Namangan davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/73
tarix26.11.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#135856
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

nemis Ganzasi
» degan 
nomni olgan va 70 shaharni birlashtirgan ittifoq 1367 yilda shaharlarning birinchi umumiy 
s`ezdida uzil—kesil shakllandi. Ganza shaharlarida iqtisodiy hayotning negizi asosan savdoda 
bo`lib, hokimiyat savdogarlar patritsasi qo`liga o`tgan edi. Ittifoq chet ellar bilan savdoni 
monopolizatsiya qilibgina qolmay, patritsiylar hukmronligini ham saklar edi. Ganza mustaqil 
siyosiy organizmga aylanib, Germaniya imperiyasining tarkibiy qismlaridan bo`lib qoldi. Uning 
qudrati Daniya bilan urushda (1367– 1370) namoen bo`ldi, bu urush Ganzaning to`la g’alabasi 
bilan tugallandi. Bu — Ganzaning eng ravnaq topgan davri bo`ldi. Uning tanazzuli XV asr 
o`rtalarida boshlandi. Ganza shaharlarida tsex hunarmandlarining qo`zg’olonlari ko`tarildi. 
Ganzaning ayrim a`zolari o`rtasida raqobat kuchayib, bu narsa Germaniyadagi 
mustahkamlanib olgan hududiy knyazlarga Ganza shaharlarini buysundirishga imkon berdi, 


34 
natijada turli viloyatlardagi Ganza shaharlari o`rtasida aloqa zaiflashib qoldi. Angliya va 
Niderlandiyada sanoat va savdoning o`sishi ularga Ganzada ustunlik qilish imkonini yaratdi. XV 
asr oxirlarida markazlashgan Rus’ davlati tarkib topaetgan davrda Ivan III Novgorodni 
Moskvaga qo`shib olgandan keyin (1478) Ganza savdogarlari shahardan haydab chiqarildi. 
Amerikaning va Xindistonga savdo yo`lining ochilishi, jahon savdosi markazlarining Atlantika 
okeaniga ko`chishi Ganzaga uzil—kesil zarba berdi. Ganza shaharlarining oxirgi s`ezdi 1669 
yilda bo`ldi. 
Qacp (qal`a)
— feodal hukmronning istehkomli turar joyi. Feodal jamiyatda qasr 
krepostnik — feodalning harbiy bazasigina bo`lib qolmay, feodal er mulkining xo`jalik markazi 
sifatida ham katta rol’ o`ynagan. Dushman xujum qilgan vaqtlarda qasr atroflaridagi aholiga 
boshpana hamda atrofdagi erlarga va u erlardan olib o`tiladigan maxsulotlardan o`lpon yig’ish va 
savdagorlarni talash imkonini berar edi. Sen`orning tayanchi bo`lgan qasr atrofidagi aholining 
doimo daxshatda saqlab, sen’orga aholini siyosiy jixatdan buysundirish va ekspluatatsiya qilish 
imkonini berardi. XIV asr o`rtalarida g’arbiy Yevropada o`t ochuvchi qurollarning tarqalishi 
qasrning harbiy ahamiyatini asta—sekin yo`qotib bordi, feodal tuzumning burjuaziya tuzumi 
bilan almashtirilishi esa uni xo`jalikva siyosiy markaz ahamiyatidan ham maxrum etdi. 
SHerif
— frank davlatida Graf qanday funktsiyalarni (harbiy, sud, ma`muriy—
politsiyachilik) ado etgan bo`lsa, Angliyada shunday funktsiyalarni ado etuvchi mansab.SHerif 
grafliklarning boshida turgan. Qadimgi aslzodalar nasabi bo`lgan — el’dermen bilan bir darajada 
bo`lib qoladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin