2-mаvzu. O’rtа Оsiyodаgi dаvlаtlаrning tаriхiy аtаmаlаri (qаdimgi dаvrdаn аrаblаr bоsqinchiligigаchа) Rеjа: 1. O’rtа Оsiyodаgi Qаdimgi dаvlаtlаr tаriхigа оid siyosiy аtаmаlаr. 2. Qаdimgi O’rtа оsiyo tаriхigа оid iqtisоdiy аtаmаlаr. 3. Qаdimgi O’rtа Оsiyo mаdаniyatigа оid mаdаniy аtаmаlаr. O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston ulkan tarixiy o`tmishga ega. O`lkamiz ushbu
tarixni o`z ajdodlari qo`li bilan uzoq ming yilliklar davomida yaratdiki, bu esa uning
insoniyatning paydo bo`lib o`z tsivilizatsiyaviy hudud barpo etganidan dalolat beradi.
O`rta Osiyoning ilk davlatlarida tarixiy atamalar og’zaki nutqning shakllanishi hamda
Qadimgi xorazm, so`g’d, baqtriya hamda turkiy tilning kelib chiqishi bilan shakllandi. O`rta
Osiyo hududida tarixiy atamalarning shakllanishida forsiy (Eron) atamalar ham ta`sir etgan.
Bundan tashqari VIII —IX asrlarda arab tilidan o`zlashgan atamalar, garchi ular O`rta Osiyo
atamashunosligida etakchi, aniqlovchi o`rin egallamagan bo`lsa ham keng qo`llanib kelingan.
Ba`zi atamalarning paydo bo`lishi O`rta Osiyoga XVI — XVII asrlarda ko`chmanchi
o`zbeklarning kirib kelishi bilan bog’liqdir. Avvalo O`rta Osiyo hududida qadimgi davrlardagi
atamalarga to`xtalsak.
Mil. av.gi IX — VIII asrlarda O`zbekiston hududida ilk temir asriga o`tish boshlangan.
Temirning xo`jalikda keng qo`llanishi natijasida hunarmandchilik, savdo taraqqiy etib, ilk
shaharlar, davlatlar vujudga kelgan. Davlatlar vujudga kelishi mil. av.gi VII — VI asrlarga
to`g’ri keladi. Bu davrda O`zbekiston hududida so`g’diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va
massaget kabi elatlar yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan
shug’ullangan ko`plab aholi istiqomat qilgan. YOzma manbalarda bu hudud So`g’da
(«Avesto»da), Sug’uda (Bexistun yozuvlarida), Arrian, Kurtsiy Ruf, Strabon asarlarida
Sug’diyona deb nomlangan.
Bu hududda yashagan aholi so`g’diylar deb atalgan. Ularning o`z yozuvlari hamda tili ham
mavjud bo`lgan.
So`g’d yozuvi — miloddan oddingi ming yillikning oxirlarida oromiy alifbosidan ajralib
chiqqan. Arab yozuvi singari o`ngdan chapga qarab yozilgan va o`qilgan. Qadimgi manbalarda
so`g’d alifbosida 25