Namangan davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/73
tarix26.11.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#135856
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Inkvizitsiya
— katolik cherkovida XII asrdan to XIX asrgacha mavjud bo`lgan 
bid`atchilar ishi yuzasidan ish quruvchi maxsus cherkov sudi. Bu bid`atchilar va antifekdalar 
xalq harakati qatnashchilarini sud, tergov qilish va jazolash muassasasi sifatida tashkil etilgan. 
Inkvizitsiya xar qanday erkin fikr qiluvchilarga, cherkov va u himoya kilayotgan feodal 
tuzumning xar qanday oppozitsiyasiga qarshi ayovsiz ravishda kurash olib bordi. XV asrning 
oxirlaridan boshlab faqat bid`atchilarga va yaxudiylarga ham qarshi karatilgan davlat qirollik 
muassasasiga aylandi. Inkvizitsiya, ayniqsa, Ispaniyada xalqka xaddan tashqari jabr o`tkazgan. 
Abbat
— (bosh ruhoniy) boshchiligidagi katolik monastiri. CHerkovning yuqori 
boshqarish organlari — episkopga yoki papaga buysunadi, abbatga boshqa monastirlar qaram 
bo`lishi mumkin. Abbat G’arbi Yevropada VI asrda vujudga kelib, o`rta asrlarda diniy 
sohadagina emas, balki iqtisodiy va siyosiy hayotda ham muhim rol’ o`ynadi. U qaram 
dehqonlarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilgan. Abbat o`z tasarrufidagi qishloqlar, er-suvlar, 
o`rmonzorlar bilan birga feodal mulki (sen’or hisoblanib), feodal jamiyati tashkilotining 
mustaqil tarkibiy qismi edi. Reformatsiya davridan boshlab, o`zining ilgarigi ahamiyatini 
yo`qotgan bo`lsada, katolik mamlakatlarida saqlanib qolgan. 
Mitropolit
— mamlakatning barcha ierarxlari o`rtasida bosh o`rinda turadigan ayrim 
episkoplarning oliy diniy unvoni. Hozirgi paytda pravoslav cherkovida ayrim episkoplarning 
faxriy unvoni. 
Priorlar
— katolik cherkovidagi ayrim monastirlarning nozirlari. 
Pastor
— protestant ruhoniysi. 
Rekonkista
— V111–XV asrlarda Pirenei yarim oroli xalqlarining arablar va barbarlar 
tomonidan bosib olingan hududlarini jang orqali qaytarib olishi. 


39 
Episkop
— xristian cherkovlarida yuqori lavozimli ruhoniy. Dastlabki xristian jamoalarida 
episkop jamoaning boy va e`tiborli kishilaridan saylanardi. CHerkovning xazinachisi bo`lardi. 
Keyinroq u oliy martabali ruhoniyga aylandi. Pravoslav cherkovida episkop davlat hokimiyati 
tomonidan tayinlana boshladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin