44
qator diniy ritsarlik ordenlari ta`sis etildi. O`t otuvchi qurollariing paydo bo`lishn tufayli og’ir
qurollangan ritsar otliq armiyalari uz ahamiyatini yo`qota
boshladi
Gertsog
— dastavval Qadimiy germanlar qabila zodagonlari saylaydigan harbiy boshliq,
ilk o`rta asr davrida G’arbi Yevropada —
qabila knyazi, feodal tarqoqligi davrida — katta hudud
egasi. O`rta asr oxirlarida va yangi davrda gertsog — G’arbi Yevropada dvoryanlik unvonlaridan
biri.
Gyozlar
— XVI asrlardagi Niderlandiya burjua revolyutsiyasi davomida:
1) mamlakat erkinligi va din erkinligini Ispaniyadan «qonuniy vositalar» yordamida
himoya qilish maqsadida Niderlandiyada 1565 yil tashkil topgan ittifoq a`zolarining nomi;
2) Niderlandiyaga hukmronlik qiluvchi ispanlarga qarshi quruqlikda (o`rmon geelari) va
dengizda (dengiz gyozlari) kurash olib borgan xalq qo`zg’olonchilari — partizanlarning nomi.
Dengiz gyozlari katta rol’ o`ynab, ispan kemalariga xujum qildilar va Ispaniya bilan
Niderlandiya o`rtasidagi dengiz aloqalarini deyarli tamomila to`xtatishga erishdilar. 1572 yil
1 apredda dengiz gyozlarining Gollandiya orollaridan
biriga borib, Bril’ shaxrini egallashlari
SHimoliy Niderlandiyaning yangi qo`zg’oloniga sabab bo`ldi. bu qo`zg’olon Ispaniya
zulmidan
ozod bo`lish bilan tugallandi.
Graf
— ilk feodalizm davrida G’arbda qirol tayinlaydigan okrug boshlig’i Feodalizm
boshlanishi bilan graflar deyarli mustaqil voris hukmronlarga aylanishdi. Feodalizm to`la ravnaq
topgan davrda graflar ba`zan yirik feodallarga beriladigan faxriy unvon. Absolyutizm
karor
topishi bilan graflik merosga o`tadigan dvoryan unvonlaridan biri.
Dostları ilə paylaş: