shayxulislom bo`lib, uni 1818 yil
Umarxon joriy etgan.
Xoja—kalon fiqx olimining faxriy unvoni.
Halifa — o`rinbosar (bu erda xonlikdagi turli tariqatlarning rahbarlariga nisbatan
ishlatilgan).
Mufti —fatvo beruvchi.
Xivada ham
shayxulislom, qozi kalon, rais kabi diniy mansablar mavjud bo`lgan.
Soliq va majburiyatlarni ifodalovchi tarixiy atamalar. Xonliklarning soliq va majburiyatlariga oid atamalari ham turlichadir.
Buxoroda hosildan olinadigan soliq—
xiroj deb atalib, uni yiguvchilar amin va qishloq
oqsoqoli hisoblangan.
Bog’lar, bedazorlar, poliz ekinlari uchun olingan soliq
, turi
tanobona yoki alaf pul deb
atalgan.
Zakot solig’i savdogarlar mollari umumiy miqdorining 40 dan 1 ni tashkil etgan.
Xiva xonligida 25 xilga yaqin soliq turi bo`lgan.
Salg’ut solig’i — erdan foydalanganlik uchun;
alg’ut, alg’ut birla – to`la xo`jalikish
qurollari, hovli va xokazolar uchun;
miltiq puli — xonlik qo`shini uchun; t
arozi puli, mirobona, darvozabon puli, mushrifona — hosil etilib, o`rim—yig’im oldidan er maydoni va hosil
miqdorini aniqlab beruvchi amaldor uchun to`lanadigan;
afanak puli solig’i – xonning farmoni
va boshqa muhim xabarlarni etkazganlik uchun to`lanadigan solik; shuningdek ommaviy
ishlardan ozod etilganlik uchun to`lanadigan soliq va ruhoniylar foydasiga berilishi lozim
bo`lgan soliqlar ham mavjud edi.
Qo`qon xonligida soliq Buxoro va Xivaga qaraganda ko`proq bo`lgan. Asosiysi
dehqonchilik maxsulotlaridan olinadigan
xiroj va hunarmandlar, savdogarlardan undiriladigan
zakot bo`lgan.
Mаnbаlаr vа аdаbiyotlаr: v
Аzаmаt Ziyo. O’zbеk dаvlаtchiligi tаriхi. T. 2000.
v
Nаbiеv R.N. Iz istоrii Kоkаndskоgо хаnstvа. T., 1973.
v
Yo’ldоshеv M. Хivа хоnligidа fеоdаl еr egаligi vа dаvlаt tuzilishi. T., 1959.
v
Хоliqоvа R. Аmirlikdаgi аmаlu unvоnlаr // Fаn vа turmush. 2000.№ 4.
v
O’zbеkistоnning yangi tаriхi 1 jild Turkistоn Chоr Rоssiyasi mustаmlаkаchiligi
dаvridа. T.,2000.
v
ХХ аsr Хivа dаvlаt hujjаtlаri. T.,1960.