Namangan davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/73
tarix26.11.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#135856
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Millatlar Ligasi
(1919—1946) – xalqlarning tinchligi va xavfsizligi yo`llaridagi 
hamkorlikni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilot. Fashist davlatlar ittifoqiga befarq qaraganligi 
uchun ikkinchi jahon urushi boshlanganidan keyin amalda o`z faoliyatini to`xtatdi. 
Boshqaruvning parlament shakli
(parlament — fr. Parlez — gapirmoq) — qonun 
chiqaruvchi va ijroiya organlarining va vazifalari aniq taqsimlanganda parlamentning imtiyozli 
mavkyaga ega bo`lishi. Parlament deputatlari hukumatni shakllantiradilar, bosh vazirni va 
konstitutsiyaviy nazorat organlarini saylaydilar. 
Konservatorlar
(lot. «conservator» — «muxofazakor», «saqlovchi») — konservativ 
qarashlar maslakdoshlari, u yoki bu islohotlar yoxud o`zgarishlarga qarshilar. 
Interventsiya
— bir yoki bir necha davlatning boshqa davlat ichki ishlariga zo`ravonlik 
bilan aralashuvi, uning suverenitetini buzish. 
Dominion
(ingl. Dominion — mulk, hokimiyat) — Britaniya imperiyasi tarkibida bo`lgan, 
ingliz qirolini o`z rahbari deb e`tirof etuvchi davlat (1867 yildan Kanada, 1901 yildan Avstraliya 
ittifoqi, 1097 yildan YAngi Zelandiya va boshqalar.). 
Reyxstag
(nem. Reich — davlat, Tag — majlis) — 1867 yildan 1945 yilgacha Germaniya 
parlamentining nomi. YAlpi saylov xuquqi asosida saylangan xukumat Reyxstag oldida javob 
bermas edi. 1933—1945 yillarda u rasman saqlanib, hukumat bayonotlarini (reyxstag nomidan) 
e`lon qilish va qulay vositaga aylandi. 


54 
Reyxsrat
(nem. Reich — davlat, Rat — kengash) — 1919—1934 yillarda Germaniya 
parlamentining o`lka va viloyatlar vakillaridan iborat bo`lgan, qonunchilik va boshqaruv 
masalalari bo`yicha mas`ul palatasi. Natsistlar tomonidan 1934 yilda Germaniyaning federativ 
tuzilishi bekor qilingan paytda tarqatib yuborilgan. 
Reyxsver
(nem. Reich — davlat, Werh — mudofaa) — 1919—1935 yillarda Germaniya 
qurolli kuchlari. 1919 yilgi Versal’ tinchlik shartnomasi asosida tashkil etilgan. 1935 yil 16 
martda Germaniya bir tomonlama tarzda Versal’ shartnomasining harbiy moddalarini bekor qildi 
va yalpi harbiy majburiyatni joriy etdi. 
Xunta
(ispan. Junta — yigin, birlashma) — xukumatni g’ayriqonuniy ravishda egallovchi 
va diktatorlik usullari bilan hukmronlik qiluvchi fitnachilar guruhi (Ispaniya, Lotin Amerikasi 
mamlakatlari). 1991 yil avgustida Moskvada ham sobiq SSSRni saqlab q,olish maqsadida 
GKCHPchilar urinish qilgan edi. Ammo bu xunta demokratik kuchlar tomonidan bartaraf etilgan 
edi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin