«London klubi» — matbuotda qo`llaniladigan ibora bo`lib, yadro texnologiyasi, asbob—
uskuna va materiallar etkazib beruvchi bir guruh davlatlarni bildiradi. Bu guruhga Rossiya,
AQSH, Angliya, Frantsiya, Germaniya, .CHexiya, Pol’sha, YAponiya, Kanada, Italiya va ba`zi
boshqa eksporterlar kiradi. eksporterlarning 1975—1977 yillarda Londonda bo`lib o`tgan qator
kengashlarida yadro asbob—uskunalarini va materiallarni eksport qilishga nisbatan ba`zi bir
muhim printsiplarni qo`llash to`g’risida ana shu mamlakatlar o`rtasida bitimga kelindi.
Qurolsizlanish — tadbirlar sistemasi bo`lib, ularning amalga oshirish urush olib borish
vositalarini yuk qilishga yoki jiddiy qisqartirishga va jahon yadro urushi xaifini bartaraf etish
uchun sharoich yaratilishiga olib keladi. qisman, yalpi va to`la qurolsizlanish tushunchasi farq
qilinadi.
Anklav (fr. Enclave lot. Inclavare dan — kulflab olish) — davlat hududining yoki
davlatlar territoriyasi bilan xar tomondan o`rab olingan qismi. Masalan, Leeto davlati JAR
hududidagi aiklav hisoblanadi. Agar bu qismni boshqa davlat hududi to`la o`rab olmagan bo`lsa
va u dengizga to`tashsa, bunda ayrim anklav xaqida so`z yuritish mumkin
Anneksiya (lot. Annexio — qo`shib olish) — bir davlatning hududining (yoki uning bir
qismining) boshqa davlat tomonidan zurlik bilan bosib olinishi, qo`shib olinishi. Xalqaro
uyushmaning foydalanuvida bo`lgan erlarning (ochik dengiz, uning tubi, antartika va boshqalar)
bosib olish ham anneksiya deb karaladi. Anneksiya hozirgi xalqaro xuquqni ko`pol buzishdir.
Anneksiya tushunchasining ta`rifi 19)7 yil 26 oktyabrida e`lon qilingan (8 noyabr) tinchlik
to`g’risidagi dekretda berilgan.
Urush — davlatlar yoki sinflar o`rtasida ularning iqtisodiy va siyosiy maqsadlarini amalga
oshirish uchun olib boriladigan qurolli kurash, siyosatni zurlik vositalari bilan davom ettirish.