G’arbiy kommunizm — sovet davlatining fuqarolar urushi sharoitidagi ijtimoiy—
iqtisodiy siyosatidir. Aholining boy qismi mol—mulkini olishni, yalpi mehnat majburiyati joriy
etishni, yirik, o`rta va qisman kichik sanoatni tez sur`atlar bilan davlat ixtiyoriga o`tqazishni
nazarda to`tardi. Tijorat ta`qiqlandi, qishloq xo`jalik maxsulotlarining ortiqcha qismini davlatga
topshirish majburiyat qilib qo`yildi.
Natsionalizatsiya (lot. Natio — millat, xalq) — er, sanoat, transport aloqa, banklarni va
xokazolarni xususiy mulkdan davlat mulkiga o`tishi. Natsionalizatsiya xarakteri mamlakatda
mavjud bo`lgan ijtimoiy tuzum bilan belgilanadi. Kapitalistik natsionalizatsiya —
natsionalizatsiya qilingan korxona, tarmok va xokazo burjua davlati mulkiga aylanadi.
Kapitalizmning moxiyati buning natijasida o`zgarmaydi, chunki ekspluatatsiya kola beradi,
burjua davlati esa, kapitalistlar majmui sifatida chiqaveradi Kapitalistik natsionalizatsiya
monopolistik kapital manfaatlari yo`lida amalga oshiriladi, ko`pincha u monopolistik foydalarni
ko`paytirish, iqtisodni militarizatsiyalash vositasiga aylanadi va hokazolar. Kapitalizm sharoitida
odatda etarli darajada daromadli bo`lmagan yoki hatto zarar keltiradigan korxonalar, ishlab
chiqarish tarmoklari natsionalizatsiya qilinadi. Korxona egalariga, odatda, kompensatsiya
to`lanadi.
Integratsiya (lot. Integratio, integer dan — butun) — biror bir qism va elementlarni bir
butunga birlashtirish, iqtisodda xo`jalik hayotini internatsionalizatsiyalashning oliy formasi
bo`lib, bo`nga xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashtirish ob`ektiv ravishda sabab bo`ladi. U
turli mamlakatlarning o`zaro yaqinlashuvida va ularning korxonalari, tarmoqlari va hatto milliy
iqtisodning yagona xo`jalik organizmiga birlashuvida ifodalanadi, hamda bu protsessni tartibga
solib turuvchi iqtisodiy siyosatdir.
Reparatsiya (lot, Reparatio — tiklash) — agressiya qilgan davlat tomonidan xujumga
uchragan davlatga agressiya natijasida etkazilgan zararini qoplash uchun to`planadigan tovon.
Reparatsiya miqdori tinchlik axdi yoki boshqa huquqiy aktlar bilan belgilanadi.