361. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy hisob sistemasida yuritiladi.
Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olingan barcha tovar-moddiy qimmatliklar,
shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalar balansda hisobga olinadigan moddiy
qimmatliklar uchun belgilangan tartibda va muddatda inventarizatsiya qilinadi.
362. Tashkilotlarga, zarur hollarda, buxgalteriya hisob
ining to‘g‘ri yuritilishini
ta’minlash
maqsadida, belgilangan tartibda qo‘shimcha balansdan tashqari schyotlarni
qo‘llashlariga ruxsat etiladi.
363. Ko‘rsatib o‘tilganlarni hisobga olish uchun tashkilotlarda quyidagi balansdan
tashqari schyotlar qo‘llanadi:
01 “Ijaraga olingan asosiy vositalar”;
02 “Mas’ul saqlashga olingan tovar-moddiy qimmatliklar”;
04 “Qat’iy hisobot blanklari”;
05 “Ishonchsiz debitorlarning qarzlarini xarajatga chiqazilishi”;
06 “Markazlashtirilgan ta’minot bo‘yicha to‘langan moddiy qimmatliklar”;
07 “O‘quvchilar va talabalarning qaytarilmagan moddiy qimmatliklar bo‘yicha
qarzlari”;
08 “Ko‘chma sport sovrinlari va kuboklari”;
09 “To‘lanmagan yo‘llanmalar”;
10 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari”;
11 “Harbiy texnikalarning o‘quv predmetlari”;
12 “Eskirganlarining o‘rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari”.
364. 01 “Ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida boshqa tashkilotlardan
shartnoma bo‘yicha ijaraga olingan asosiy vositalar shartnomada nazarda tutilgan
qiymatda hisobga olinadi. Ijaraga olingan asosiy vositalarning analitik hisobi ijaraga
beruvchilar va asosiy vositalarning obyektlarini ijaraga oluvchilarda ijaraga
beruvchilarning inventar raqamlari bilan 296-son shakl daftarida yuritiladi.
365. 02 “Mas’ul saqlashga olingan tovar-moddiy qimmatliklar” schyotida tashkilot
tomonidan javobgarlikda saqlash uchun qabul qilingan
mol va moddiy qimmatliklar
hisobga olinadi. Ularga shartnoma bo‘yicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik
ishlarini bajarish uchun olingan maxsus jihozlar ham kiradi. Javobgarlikda saqlash uchun
olingan mol va moddiy qimmatliklarning analitik hisobi tashkilotlar, bu moddiy
qimmatliklarning egalari, turlari, navlari va saqlanadigan joylari bo‘yicha shartnomada
ko‘rsatilgan yoki xarid qilingan narxlarda yuritiladi.
Bu schyotda, shuningdek, qayta ishlash uchun olingan xomashyo va materiallar
shartnomalarda ko‘zda tutilgan narxlarda hisobga olinadi. Analitik hisob buyurtmachilar,
materiallarning turlari va turadigan joylari bo‘yicha 296-son shakl daftarida olib boriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
366. 04 “Qat’iy hisobot blanklari” schyotida saqlanayotgan va hisobot berish
sharti bilan beriladigan qat’iy hisobot blankalari (kvitansiya daftarchalari, attestatlar,
diplomlar, guvohnoma blankalari va h. k.lar.) vazirliklar, qo‘mitalar va idoralar tomonidan
tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha hisobga olinadi.
(366-
bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya
vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.)
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
Qat’iy hisob blankalarining analitik hisobi blankalarning
turlari va saqlanadigan
joyi bo‘yicha 448-son shakldagi qat’iy hisobot blankalari hisobga olinadigan daftarda
yuritiladi.
367. 05 “Ishonchsiz debitorlarning qarzlarini xarajatga chiqazilishi” schyotida
to‘lashga qodir bo‘lmagan debitorlarning qarzi qarzdorlarning mulkiy holati o‘zgargan
taqdirda undirish imkonini kuzatish uchun qonunchilikda belgilangan muddat davomida
hisobga olib boriladi. Ushbu qarzni uzish uchun olingan summalar bu schyotdan
o‘chiriladi va budjet mablag‘lari hisobidan yuzaga kelgan undirilgan debitorlik qarzlar
tegishli
budjet daromadiga, budjetdan tashqari
mablag‘lar hisobiga yuzaga kelgan
undirilgan debitorlik qarzlar summasi esa, tashkilotning daromadiga olinadi.
Analitik hisob 292-son shakldagi daftarda qarzdorning familiyasi, ismi va
otasining ismi (tashkilotning to‘liq nomi) ko‘rsatilgan holda yuritiladi.
368. 06 “Markazlashtirilgan ta’minot bo‘yicha to‘langan moddiy qimmatliklar”
schyotida yuqori tashkilot tomonidan respublika yoki mahalliy budjetdan to‘langan va o‘z
qaramog‘idagi tashkilotlarga jo‘natilgan mol-mulk va moddiy qimmatliklar hisobga olinadi.
Yuqori tashkilot mol-
mulk qabul qilib oluvchi tashkilotdan ko‘rsatilgan qimmatliklar uning
hisobida aks ettirilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani olgandan keyin ular hisobdan
o‘chiriladi.
06 “Markazlashtirilgan ta’minot bo‘yicha to‘langan moddiy qimmatliklar”
schyotining analitik hisobi 322-
son shakldagi markazlashgan tartibda to‘langan moddiy
qimmatliklar hisobi daftarida (mazkur Yo‘riqnomaning
62-ilovasi
) har bir mol-mulk qabul
qilib oluvchi muassasalar bo
‘yicha yuritiladi.
369. 07 “O‘quvchilar va talabalarning qaytarilmagan moddiy qimmatliklar bo‘yicha
qarzlari” schyotida o‘quvchilar va talabalar tomonidan qaytarilmagan ust-bosh, ich
kiyimlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy qimmatliklar yuzasidan qarzi hisobga
olinadi. Ta’lim muassasasidan chiqarilgan o‘quvchilar va talabalar hisobida turgan moddiy
qimmatliklarni ta’lim muassasasi balansidan o‘chirish ularning o‘quv yurtidan
chiqarilganligi haqidagi buyruqqa asosan amalga oshiriladi.
O‘quvchilar va talabalar tomonidan qaytarilmagan moddiy qimmatliklar
balansdan tashqari hisobda hisobga olinadi va belgilangan tartibda undirib olishga
qo‘yiladi. 07 schyot bo‘yicha analitik hisob har bir o‘quvchi va talaba bo‘yicha 292-son
shakl daftarida olib boriladi.
370.
08 “Ko‘chma sport sovrinlari va kuboklari” schyotida
tashkilotlar turli
tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan va ulardan g‘olib komandalarni mukofotlash uchun
olinadigan ko‘chma sovrinlarni, bayroqlarni, kuboklarni hisobga oladilar. Sovrinlar,
bayroqlar, k
uboklar ushbu tashkilotda bo‘lgan davr mobaynida hisobga olinadi. Analitik
hisob har bir predmet va uning qiymati bo‘yicha 296-son shakl daftarida yuritiladi.
371. 09 “To‘lanmagan yo‘llanmalar” schyotida jamoat,
kasaba uyushma va
boshqa tashkilotlardan tek
inga olingan yo‘llanmalar hisobga olinadi. Yo‘llanmalar
kassada pul hujjatlari bilan teng sharoitda saqlanishi kerak. Analitik hisob
yo‘llanmalarning turlari, miqdori va nominal qiymati bo‘yicha 296-son shakl daftarida
yuritiladi.
372. 10 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyoti foydalanishdagi
inventar va xo‘jalik jihozlarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish vaqtida ularning qiymati to‘liq
haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning debetiga olib boriladi va bir
vaqtning o‘zida 10 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyotida aks ettiriladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanish (ishlatish)ga yaroqsiz holga kelganda
ularning qiymati 10 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari”
schyotidan tegishli
tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasi asosida hisobdan
chiqariladi.
Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash
maqsadida 10 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyoti bo‘yicha analitik
hisob 296-
son shakldagi daftarda foydalanuvchilar va tashkilotning bo‘linmalari bo‘yicha
alohida holda yuritiladi.
373. 11 “Harbiy texnikalarning o‘quv predmetlari” schyotida tirlarda, sport
otishmalarida, ta’lim muassasalarining harbiy fan va boshqa xonalaridagi barcha turdagi
jihoz va predmetlar hisobga olinadi. Bu predmetlarning analitik hisobi ularning nomlari,
turarjoylari, moddiy javob
gar shaxslar bo‘yicha 296-son shakldagi daftarda olib boriladi.
374. 12 “Eskirganlarining o‘rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari”
schyotida eskirganlarining o‘rniga berilgan transport
vositalarining motorlari,
akkumulyatorlari, shinalari va boshqa ehtiyot qismlarining hisobi 296-son shakldagi
daftarda oluvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, olgan sanasi va boshqa
zaruriy rekvizitlarni ko‘rsatgan holda yuritiladi.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi
yo‘riqnomaga
1-ILOVA
Dostları ilə paylaş: