etilishi mumkin. Xaridlar, qabul qilish nazoratini tashkil etish bilan nihoyasiga yetadi.
5.
yetkazib berishlarning nazorati.
yetkazib berishlarning nazoratini eng muhim vazifalaridan biri bu sifat nazoratidir,
ya'ni sifatli va brak mahsulotlar sonini hisoblab borish. Shuningdek
yetkazib berishlar
nazoratiga yetkazishlar muddatini kuzatish (erta yoki kech yetkazishlarni soni), buyurtmani
qabul qilinishi muddatlarini, tashish muddatlarini kuzatish, hamda moddiy resurslar zaxiralari
holatining nazorati ham, kiradi.
6.
Xaridlar byudjetini tayyorlash.
Xarid qilish faoliyatining muhim qismi bu iqtisodiy hisob-kitoblardir, chunki har bir
ish bo‘yicha xarajatlar qancha bo‘lishini aniq bilish lozim. Bunda
xarajatlarning quyidagi
turlari aniqlanadi:
❖
moddiy resurslarning asosiy turlari bo‘yicha buyurtmalarni bajarish xarajatlari;
❖
tashish, ekspeditsiya va sug‘urta xarajatlari;
❖
yukni qayta ishlash xarajatlari;
❖
yetkazib berish shartnomasi shartlari bajarilishini nazoratiga bo‘lgan
xarajatlar;
❖
moddiy resurslarni qabul qilish va tekshirishga bo ‘lgan xarajatlar;
❖
potensial yetkazib beruvchilar xaqida ma'lumot izlashga bo‘lgan xarajatlar.
Iqtisodiy hisob-kitoblar qilish doirasidagi xarid logistikasi vazifalariga, moddiy
resurslar tanqisligi tufayli yuzaga kelgan chegirmalarni ham kiritish lozim.
1.
Xaridlarning ishlab chiqarish, sotish, omborga qo‘yish va tashish, hamda yetkazib
beruvchilar bilan tizimli o‘zaro aloqasi.
Xarid logistikasining ushbu o‘ziga xos masalasi,
yuqorida qayd etilganidek,
xaridlarning ishlab chiqarish va sotish bilan tizimli o‘zaro aloqalarini tashkil etish vositasi
orqali, hamda rejalashtirish, iqtisodiyot, texnika va texnologiya
sohalarida yetkazib
beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatish orqali yechiladi.
Dostları ilə paylaş: