iste'molchisini kutib turadilar.
To‘g‘ri tashkil etilgan logistik tizimni, omborlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Logistikada ombor faqatgina logistik jarayon ko‘rsatkichlarini yaxshilash mumkin
bo‘lgan holdagina ishlatiladi. Shunday qilib, omborning asosiy roli bu moddiy oqimni
optimallashtirish uchun sharoit yaratishdir.
Logistika, ombor ichidagi jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etilishini, hamda texnik,
texnologik va boshqa jarayonlarni iqtisodiy muhit jarayonlari bilan bog‘liqligini
ta'minlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
Logistikada omborlarni tovar harakati tizimining unsurlari sifatida, va shu bilan
birga, mustaqil tizim sifatida ko‘radilar. Bunga muvofiq masalalarning ikkita guruhini
ajratadilar:
-
tovar harakati tizimini loyihalashda, omborlar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar;
-
omborlar bo‘yicha, mustaqil tizim sifatidagi, masalalar.
Dostları ilə paylaş: