Mavzuning o‘rganilganlik darajasi . Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan
so‘zlar to‘liq tadqiq etilmagan, ammo mavzuning o‘rganilishi uzoq o‘tmishga ega.
Xususan, Alisher Navoiy o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida o‘sha davr
fors tilidagi bir qancha turkiy o‘zlashmalar haqida muhim ma’lumotlar qoldirgan.
Shuningdek, H. Zarinezoda
6
, L.S. Peysikov
7
, D. Rahimli
8
, A. Quronbekov
9
,
M. Noyibiy
10
kabi qator olimlar ham turkiy o‘zlashmalar bo‘yicha tadqiqot olib
borishgan.
Tadqiqotning nazariy asoslari va metodi. Ilmiy tadqiqot ishiga metodologik
asos sifatida mashhur eronshunos olimlarning, xususan, leksikologiya, terminologiya
va so‘z yasalishida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning (A. Quronbekov,
L.S. Peysikov, Yu.A. Rubinchik, A.A.Vohidov) va eronlik tilshunos olimlarning
(D. Rahimli, M. Noyibiy) ishlarini oldik. Ishni bayon etishda o‘zbek, rus va fors
tilshunosligidagi o‘zlashmalar va terminlar mavzusiga oid ishlardan foydalanildi.
Shuningdek, mazkur tadqiqot ishida sinxron tahlil, struktur-statistik tahlil, sistem
yondashuv va komponent semantik tahlil metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqot manbalari . Ilmiy tadqiqot ishiga manba sifatida fors tilida chop
etilgan badiiy va ilmiy adabiyotlar, gazetalar, internet ma’lumotlari olindi (adabiyotlar
ro‘yxatida qayd etilmoqda). Manbalar tarkibida turkiy o‘zlashmalarni ajratib olish
uchun M. Moinning
هرف
گن
یسراف
“Farhang-e fārsi” (Tehron, 1371 h.sh), Ali Akbar
Dehxudoning
همانتغل “Luγatnāme” (Tehron, 1372 h.sh) va M.A.Gaffarovning
“Персидско-русский словарь” (Москва, 1976) lug‘atlaridan foydalanildi.
Shuningdek, turkiy o‘zlashmalarning turkiy tillardagi ma’nolarini aniqlash uchun Yu.
V. Shekaning “Турецко-русский и русско-турецкий словарь” (Москва, 2006) va
Shukru Holuk Akalin tahriri ostidagi “Türkçe sözlük” (Ankara, 2005) lardan, misollar
yozishda esa Sodiq Hidoyatning “نوخ هرطق هس” asari, Jalol ole Ahmadning “رات هس”
6
Заринезад Г. Азербайджанские слова в персидском языке (в период Сефевидов): Дисс. …канд. филол. наук.
– Бaку, 1955.
7
Пейсиков Л.С. Лексикология современного персидского языка. – М.: Наука, 1975.
8
.١٨٣١ ٬رتخا رشن:زيربت–.نلاه ىتدحو سونوي مجرتم .ىسراف نابز رد یکرت یاه هاژاو .یلمیحر هنادرد
9
Quronbekov A. Fors tili leksikologiyasi.–Toshkent, 2009.
10
.١٨٣١ . نارهت .یسراپ نابز رد یکرت ناگژاو .یبيان قداص دمحم
11
hikoyalar to‘plami, fors nasriy adabiyoti namunalarini jamlagan “Эрон адабиёти
хрестоматияси” dan foydalanildi.