2.1.2-rasmyalpi talab egri chizig`i
Bunday surilishning sababi har xil. Ma`lumki, alohida olingan tovarlar
bozorida talab egri chizigining surilishiga asosan daromad samarasi va o`rinbosar
tovarlar sabab bo`ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda iste`molchilarning
pul daromadlari ko`proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi).
Shuningdek, baho pasayganda iste`molchi ushbu tovarni ko`proq sotib oladi,
chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo`ladi (o`rnini bosadigan tovarlar).
Milliy bozorda AD- egri chizig`ining trayektoriyasi ,ya`ni uning quyiga
egilganligini ,avvalo ,pulning miqdoriy tenglamasi nazariyasi yordamida izohlash
mumkin :
MV=YP
22
Bu yerda : M- muomaladagi pulmiqdori; V–pulning aylanish tezligi; P –
iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real
ishlab chiqarish hajmi.Bu tenglamadan:
P=MV/Y va Y=MV/Ptenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan
ko`rinadiki, baholar darajasi qancha oshsa, real YAIM hajmiga talab shuncha past
bo`ladi, ya`ni pul massasi M va apulning aylanish tezligi V o`zgarmas bo`lsa,
baholar darajasi va yalpi talab o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud bo`ladi.
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish,analiz va
sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish
usullari kiradi. .Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish
o‘ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni,minglab
ko‘rsatkichlarni alohida-alohida o‘rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan
xulosalar chiqarish o‘ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida
agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqiy usullaridan foydalaniladi.
Agregatlash, ya’ni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kategoriyalarni yagona
makroiqtisodiy ko‘rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy
iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi.
Agregat ko‘rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning
yagona bozori sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Makroiqtisodiy tahlil
jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi,ularga bo‘lgan talab va ularni
taklif etish hajmlari ko‘rsatkichlari emas, balki agregat ko‘rsatkichlar hisoblangan
baholarning o‘rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko‘rsatkichlaridan
foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari, Markaziy bankning
hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi
kapital uchun to‘lov stavkalari umumlashtirilib, ularning o‘rtacha miqdori bozor
foiz 8 stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat
ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli
makroiqtisodiy jarayonlarni agregat ko‘rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy
matematik modellashtirishdir. Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va
jarayonlar o‘rtasidagi miqdoriy, sabab-oqibat bog‘lanishlarini matematik formula,
23
grafik va chizmalar ko‘rinishida ifodalaydi. Bunga yalpi talab – yalpi taklif (AD-
AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy
o‘sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini i keltirish mumkin. Bu modellarni
bir vaqtning o‘zida ham grafik ko‘rinishda, ham algebraik formula ko‘rinishida
tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar ham ikki,
uchyoki bundan ko‘p o‘zgaruvchili bo‘lishi mumkin. AD-AS modelida yalpi talab
va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta’sirida
o‘zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o‘rganilsa, Fillips
egri chizig‘i yordamida ishsizlik va inflatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik
tadqiq qilinadi. Yuqorida sanab o‘tilgan modellar barcha mamlakatlar
iqtisodiyotini tahlil qilishda qo‘llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empiric
koeffitsientlar, turli iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi xususiyati bir
mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy
modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab bo‘lmasin, ma’lum darajada
mavhumlikka yo‘l qo‘yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy
iqtisodiyot ba’zan yopiq iqtisodiy tizim, ya’ni tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud
bo‘lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amaldva esa barcha mamlakatlar
tashhi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya’ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech
bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni to‘la-to‘kis
qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng
muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy
qarorlarning olinishi mumkin bo‘lgan ko‘p variantli natijalarini oldindan aniqlab
olish, makroiqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini
beradi.
Global tovar bozorlaridagi noaniqlik va beqaror vaziyatni, ko‘plab yirik
mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasaygani hamda boshqa jiddiy
tahdidlarni e’tiborga olib, Davlat o‘z iqtisodiy siyosatini qanday murakkab
sharoitlarda amalga oshirishi kerakligini yaxshi anglaydi. Shuning uchun
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘zini oqlagan chora-tadbirlar va
mexanizmlardan foydalanish masalalari ustuvor vazifa sifatida saqlanib qoladi.
24
Umuman olganda, mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat,
kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk
ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon
hayot
kechirishi
uchun
shart-sharoitlar
yaratishga,xalqaro
maydonda
O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirildi. Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan,
mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon
talablaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq
marralarini belgilash vazifalarini amalga oshirish yo‘lida 2017- yil 7- fevralda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda
davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-
siyosiy,
sotsial-iqtisodiy,
madaniy-gumanitar
rivojlantirishning
konseptual
masalalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida makroiqtisodiy
kompleksda o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar mavjudki, Harakatlar
strategiyasida ushbu muammolarni bartaraf etish ko‘zda tutilgan. Bunday
muammolarga milliy valyuta va ichki baholarning barqarorligi, valyuta kursining
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy
ta’sir etishi, tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z ixtiyoridagi xorij valyutadan erkin
foydalana olmayotgani, naqd va naqd pulsiz to‘lovlarda farqning mavjudligi,
tijorat banklarining barqarorligi va moliyaviy holatini mustahkamlash, aholining
banklarga bo‘lgan ishonchini oshirish kabilar iqtisodiy rivojlanishga jiddiy
to‘sqinlik qilmoqda.
Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va
liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda bu borada qator
choratadbirlarni amalga oshirish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini
25
ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini
bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini
kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan
mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy
etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda
xorijiy
investorlar
uchun
investitsiyaviy
jozibadorlikni
oshirish,
soliq
ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy
prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilmoqda. 2017 – 2021- yillarda
umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya
loyihasini
nazarda
tutuvchi
tarmoq
dasturlarini
ro‘yobga
chiqarish
rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5
baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta
ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
Dostları ilə paylaş: |