Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kirish


 Asosiy makroiqtisodiy modellarning mazmuni va mohiyati



Yüklə 256,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix26.11.2023
ölçüsü256,04 Kb.
#136047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kir

1.2. Asosiy makroiqtisodiy modellarning mazmuni va mohiyati. 
Makroiqtisodchilar tomonidan o’rganiladigan butun iqtisodiyotda yuz 
beradigan voqeliklar va jarayonlar oxir-oqibatda ko’plab uy xo’jaliklari hamda 
ko’plab firmalar o’zaro hatti-harakatlari natijasida yig’ilganligi sababli, mikro va 
makroiqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Butun iqtisodiyotni 
o’rganishda biz alohida iqtisodiy agentlarning qarorlarini e’tiborga olishimiz 
lozim. Masalan, yalpi iste’mol omillarini aniqlash uchun oilaning bugun qancha 
sarflashi, kelajak uchun qancha olib qo’yishi haqidagi qarorini tahlil qilishi kerak. 
Investitsiyalarning umumiy hajmini belgilovchi omillarni aniqlash uchun 
firmalarning yangi korxonalarni qurish haqidagi qarori to’g’risida ma’lumotga ega 
bo’lish zarur.Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar alohida shaxslar yoki korxonalar 
qarorlari natijasida yig’iladigan o’zgaruvchilarning oddiy yig’indisi bo’lganligi 
uchun, makroiqtisodiyotning asoslari mikrodarajada qo’yiladi. 
Makroiqtisodiy modellar asosida xar doim mikroiqtisodiy darajada qabul 
qilinadigan qarorlar tursa, firmalar va uy xo’jaliklari nuqtai nazaridan maqbul 
bo’lgan ko’plab modellarda ularninghatti-harakatlarini aniqlovchi qarorlar yaqqol 
ko’rinishda bo’lmaydi, balki ko’zda tutiladi.Bizning non bozori modelimiz bunga 
misol bo’lib xizmat qiladi. Nonga bo’lgan talab asosida uy xo’jaliklarining sotib 
oladigan nonlari miqdori haqidagi qarorlar yotsa, non taklifi nonvoyxonalarning 



non ishlab chiqarish hajmlari to’g’risidagi qarorlari bilan aniqlanadi.Uy xo’jaliklari 
qarorni naflilikni maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda, nonvoyxonalar esa 
foydani maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda qabul qilishlari ko’zda tutiladi. 
Shu bilan birga, bu mikroiqtisodiy qarorlar modelda o’zidan o’zi qatnashmaydi: 
ular uning “foni”ni tashkil etadi. Xuddi shunday firmalar va uy xo’jaliklari 
tomonidan qabul qilinadigan ular nuqtai nazaridan maqbul hisoblangan qarorlar 
faqat yopinchiqli ko’rinishda va butun makroiqtisodiyotda qatnashadi.
Iqtisodchilar modellar nomini olgan soddalashtirilgan nazariyalarni qo’llab 
iqtisodiyot haqidagi qarashlarni tuzishga urinadilar.Modellarda ko’pincha 
matematik ko’rinishda turli iqtisodiy o’zgaruvchilar o’rtasidagi nisbat ifodalanadi. 
Modellarni qo’llash ahamiyatli bo’lmagan qismlarga e’tibor bermaslik va 
ahamiyatli iqtisodiy bog’liqliklarni aniqlashga imkon berganligi uchun ham 
maqsadga muvofiqdir. Modellarda ikki xil: ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) 
o’zgaruvchilar qo’llaniladi. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqaridan kiritiladi-bu 
dastlabki ma’lumotlar; endogen o’zgaruvchilar model “ichida” shakllanadi- ular 
uni hal etishning natijasi hisoblanadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, ekzogen 
o’zgaruvchilarning miqdori modelni qurish boshlanguncha beriladi, endogen 
o’zgaruvchilarning miqdori esa model bo’yicha hisob-kitoblar qilish jarayonida 
aniqlanadi.1.2.1-rasmda 
ko’rsatilganidek, 
modelning 
maqsadi 
ekzogen 
o’zgaruvchilar endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir qilishini aniqlash 
hisoblanadi. 

Yüklə 256,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin