Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kirish



Yüklə 256,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix26.11.2023
ölçüsü256,04 Kb.
#136047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kir

1.4.1-rasm AD-AS modeli 
Har qanday bozordagi vaziyat talab va taklifga ya’ni, ularning hajmini 
o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Ular o’rtasida yuzaga kelgan nisbat o’z ketidan 
narxlarni o’zgarishiga va aksincha, narxlarni (u yoki bu tomonga) tebranib turishi 
talab va taklif hajmiga bevosita ta’sir qiladi. Bunday o’zaro bog’liqlik faqat 
qandaydir bir alohida mahsulot yoki xizmatga oid bo’lmay, balki umuman milliy 
bozorga ham taalluqlidir. Shu bozordagi talab alohida haridorlar istagi ko’rinishida 
bo’lmasdan, barcha haridorlarning birlashtirilgan talabi sifatida amal qiladi va 


13 
makrodarajadagi iste’mol qobiliyatini aks ettiradi. Taklif esa, milliy ishlab 
chiqarish jami hajmining taklifi sifatida bozorga chiqadi. 
Shunday qilib, 
yalpi talab 
uy xo’jaligi, korxonalar, hukumat hamda xorijiy 
haridorlarning tovar va xizmatlarga talabidir. Boshqacha qilib aytganda, 
yalpi
talab
bu barcha yakuniy iste’molchilar, yani aholi, korxonalar, hukumat hamda 
xorijiy haridorlarning tovar va xizmatlarni sotib olishga qiladigan xarajatlarining 
puldagi ifodasidir.AD = C+I+G+Xn 
Narxlar darajasi va yalpi talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud bo’lib, 
narxlar darajasini o’sib borishi bilan yalpi talab hajmi qisqarib boradi va aksincha. 
Ushbu bog’liqlikni chizma ko’rinishida ifodalash mumkin (1.4.2-rasm). 
1.4.2-rasm yalpi talabegri chizig`i
1.5. Tovarlar miqdori pul massasi (IS-LM) modeli.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va 
makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib 
tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi. IS - LM modeli birinchi marta 
1937 yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy kontseptsiyasini izohlash 
uchun taklif etildi hamda 1949 yilda A. Xansenning “Monetar nazariya va fiskal 
siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan so’ng keng yoyildi. Shu sababli bu model 
Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi.
I S - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida 
birgalikda muvozanat o’rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar 
bozori deganda ham iste’mol, ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi. 


14 
Makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga narxlar 
umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima uchun 
milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi davrlarda esa 
pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (ADAS aggregate 
demand – aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi talab va taklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat 
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar 
darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish 
uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS 
modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy 
siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin. 
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif 
modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan 
bo’lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli 
o’laroq bu modelda narxlar darajasi va ish haqi o’zgarmas miqdorlar hisoblanadi. 
Ayni shu sababga ko’ra tovar moddiy zahiralarining o’sishi qisqa muddatda 
makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo’ladi. 
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo’lgan yo’qotishlarning 
oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. 
Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko’p hollarda jami talab 
nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning 
o’zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida makroiqtisodiy muvozanatga erishishning roli va ahamiyati benihoya 
kattadir. Makroiqtisodiy muvozanat mamlakat iktisodiyotining to’g’ri yoki 
noto’g’ri yo’ldan borayotganligini ko’rsatuvchi omillardan biri bo’lib hisoblanadi. 
Chunki, iqtisodiyotda bo’layotgan doimiy o’zgarishlar xar qanday mamlakatni 
ham iqtisodiy muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkin. 
Iqtisodiy tizimlardagi og’ish tovarlar va xizmatlar taqchilligini yoki ortiqcha 
ishlab chiqarilganligini, inflyatsiya, ishsizlik va shunga o’xshash boshqa salbiy 


15 
hodisalar sifatida namoyon bo’ladi. Ular iqtisodiyot samaradorligining pasayishiga 
va aholi turmush tarzini tushib ketishiga olib keladi. Shu sababli ham iqtisodiy 
muvozanat muammolarini tadqiq qilish eng muhim vazifalardan biri bo’lib 
hisoblanadi.IS-LM egri chiziqlari kesishadigan nuqta IS-LM modelidagi iqtisodiy 
muvozanat holatini ko’rsatadi. Bu nuqta o’zida shunday foiz stavkasi «R» ni va 
daromad darajasi «Y» ni aniqlaydiki, bunda tovarlar va xizmatlar bozorida talab va 
taklif hamda real pul mablag’lariga bo’lgan talab va ularning taklifi o’zaro teng 
bo’ladi. (1.5.1-rasm)

Yüklə 256,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin