Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kirish


-rasm. F. Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli



Yüklə 256,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix26.11.2023
ölçüsü256,04 Kb.
#136047
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kir

2.1.1-rasm. F. Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli 
(keltirilganraqamlar o`lchami mlrd. frank). 
Dehqonlar yer egalariga 1 mlrd.franklik qishloq xo`jalik mahsulotlarini 
sotadilar va qolgan 2 mlrd. franklik mahsulotni iste`mol va ishlab chiqarish 


20 
ehtiyojlari uchun o`zlarida qoldiradilar. Jami olingan 3 mlrd.franklik daromadning 
1 mlrd. franki dehqonlar tomonidan hunarmandchilik buyumlari sotib olishga, 
yana 2 mlrd. franki esa yer rentasi to`lashga sarflanadi. Shunday qilib 
makroiqtisodiy 
bozorlarning 
balanslashishi 
ro`y 
beradi. 
Makroiqtisodiy 
ko`rsatkichlar ekzogen va endogen o`zgaruvchilarga guruhlanibgina qolmasdan 
zahiralarni tavsiflovchi va oqimlarni tavsiflovchi o`zgaruvchilarga ajratiladi. 
Birinchi guruh ko`rsatkichlar tadqiqot ob`ektining ma`lum sanadagi holatini 
tavsiflaydi. Bularga kapital bilan qurollanganlik darajasi, ishsizlik darajasi, davlat 
qarzi kabi ko`rsatkichlar misol bo`ladi. Ikkinchi guruh ko`rsatkichlar ma`lum davr 
oralig`ida iqtisodiy jarayonlarning kechishini tavsiflaydi. Bularga yil davomida 
ishlab chiqilgan YaIM hajmi, iste`mol va investitsiya xarajatlari miqdori, inflatsiya 
sur`ati kabi ko`rsatkichlar misol bo`ladi. Oqimlar ma`lum davr mobaynida 
zahiralarning o`zgarishini keltirib chiqaradi.Masalan yil davomida qilingan 
investitsiyalar iqtisodiyotda to`plangan kapital hajmi, o`z navbatida esa mehnatni 
kapital bilan qurollanganligi darajasining ham oshishiga olib keladi. 
Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o`rtasidagi nisbatga bog`liq bo`lib, 
ular hajmlarining o`zgarishi baholarning o`zgarishini keltirib chiqaradi. 
Baholarning o`zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta`sir ko`rsatadi. Bunday 
o`zaro bog`liqlik umumlashtirilgan holda ko`rib chiqiladigan milliy bozorga ham 
taaluqlidir.
Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog`liqlik talab va taklif 
modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko`lamda milliy 
ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi bilan baholar umumiy darajasining o`zgarishi 
o`rtasida bog`liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim 
davrlarda barqaror o`sishi, ba`zi davrlarda esa pasayib ketishini izohlab berish 
uchun bu modellardan foydalanib bo`lmaydi.
Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab – yalpi taklif (AD-AS aggregate 
demand –aggregate supply) modelidan foydalanamiz. 
Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat 
ko`rsatkichlaridan foydalaniladi.


21 
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar 
darajalarining tebranishlarini hamda ular o`zgarishining oqibatlarini o`rganish 
uchun bazaviy model bo`lib hisoblanadi .AD-AS modeli yordamida davlat 
iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab
–uy xo`jaliklari, korxonalar hukumat va chet ellik xaridorlarning 
baholar ma`lum darajada bo`lganda iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy 
tovarlar va xizmatlar umumiy hajmiga bo`lgan talabidir. Yoki, boshqacha qilib 
aytganda, yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovar va xizmatlarni 
sotib olishga `qilingan umumiy xarajatlar yig`indisidir .Formula ko`rinishida yalpi 
talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:
AD = C + I +G +Xn 
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o`rtasidagi 
bog`liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig`i deb ataladi .Buni chizma 
ko`rinishida tasvirlash mumkin. 

Yüklə 256,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin