O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Internet kim oshdi savdolari turlari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Internet kim oshdi savdolari turlari
Internet kim oshdi savdolarning 4 asosiy turi mavjud: 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ingliz tilida) ; 

teskari ; 

golland (ulgurji) ; 

yanki (ularning narxidan). 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
(inglizcha) kim oshdi savdosi eng oddiy 
va keng tarqalgan. Bunday auksionda qonunchilik bilan 
ta’qiqlanmagan har qanday narsani yoki xizmatni sotib olish yoki 
sotish mumkin.
Ushbu turdagi auksionning o‘ziga xos xususiyatlari – ochiq 
savdo bo‘lib, narxlarning oshishi. Kim oshdi savdosi minimal 
narxdan boshlanadi, undan keyin xaridor yuqori narxlarni bel-
gilash bilan navbatma-navbat amalga oshiriladi. Savdo sotuvchi-
lari tomonidan belgilangan auksion muddati tugaganda (odatda 1-
14 kun) yakunlanadi.
Internet kim oshdi savdosi har doim ham sotish bilan tuga-
maydi. Agar sotuvchi zahira narxini (u sotishga tayyor bo‘lgan 
minimal narxni) belgilab qo‘ygan bo‘lsa, u holda ushbu zahira 
narxiga erishilgan taqdirdagina savdo bo‘ladi. Mahsulot uning
maksimal narxini bergan xaridorga o‘tadi. 
Teskari 
Internet – auksion
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

kim 
oshdi 
savdoning teskarisi – xaridorlar nimani sotib olmoqchi bo‘lganini 
e’lon qiladi va javoban sotuvchilar o‘z takliflarini taqdim 
etadi. Endi xaridorlar emas, balki sotuvchilar o‘zaro raqobat-
lashmoqda va narxlar pasayadi.
Gollandiyalik 
(ulgurji) auksion – kim oshdi savdosi, unda 
sotuvchi bir vaqtning o‘zida bir nechta mahsulotni namoyish qi-
lishi mumkin. Xaridorlar ko‘plab mahsulotlarni sotib olishda 


174 
qatnashishlari mumkin, g‘olib xaridor yutuq narxlarining eng kam 
miqdorini to‘laydi.
Yanki 
auktsioni 
yopiq 
deb ham nomlanadi. Savdo boshqa ishti-
rokchilardan yopiq bo‘lib, eng yuqori narxni qo‘ygan g‘olib tovar-
larni o‘zi belgilagan narx bo‘yicha oladi. Odatda, bunday kim oshdi 
savdosining har bir ishtirokchisi faqat bitta ariza topshiradi, shuning 
uchun unga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Arizalarni ochgandan so‘ng 
g‘olib aniqlanadi. Agar bir nechta tovarlar namoyish etilsa, u holda 
tushgan arizalar taklif etilayotgan narxning pasayish tartibida 
saralanadi, g‘oliblar o‘zi taklif qilgan miqdorni to‘laydilar.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin