179
"To‘lov vositachisi" biznes modeli
Elektron tijorat bozorida mobil terminallar, savdo nuqtalari -
POS - terminallar (Point Of Sale )keng qo‘llaniladi.
Zamonaviy smartfonlar uchun ushbu terminallar to‘lov
kartalaridan ma’lumotlarni o‘qiy oladigan smartfonlarga ulangan
cho‘ntak o‘lchamidagi qurilmalardir. To‘lovni
amalga oshirish
uchun sotuvchi tegishli dasturiy ta’minotga ega bo‘lishi kerak,
shunda iste’molchi o‘z mobil qurilmasi va o‘z kartasidan foydala-
nib to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.
"Obuna bo‘yicha mollar"Biznes - model
Elektron tijorat sub’yektlar o‘z faoliyatida biznes-model-
larning turli xillarini birlashtirish mumkin. Ohirgi
paytlarda
obuna boyicha modellari va jismoniy tovarlarni sotish kombi-
natsiyasi ma’lum darajada keng tarqalmoqda.
Ushbu modeldagi kombinatsiya iste’molchi uchun qadrlidir -
tanlangan tovarlar guruhi mijozga davriy
ravishda yetkazib beri-
ladi.
Qiymat taklifi
. Tovarlarning ma’lum
bir guruhini davriy
ravishda ta’minlash va iste’molchiga tarqatish.
Maqsadli mijozlar
. Bir guruh mahsulotlarga doimiy ehtiyoj
bo‘lgan mijozlar.
Biznes hamkorlar
. Mahsulot
ishlab chiqaruvchilari, mobil
ilova ishlab chiqaruvchilari.
Asosiy faoliyat turlari
. Xizmatlarni taqdim etish va tarqat-
ish, iste’molchilar bilan aloqa.
Daromad oqimlari
. Xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning
daromadi xizmatlarga obuna to‘lovlari, qo‘shimcha
xizmatlar
uchun to‘lovlar hisobidan shakllanadi.