213
boshqalar) va boshqa ko‘plab omillar Internetni kuchli marketing
vositasi va bir vaqtning o‘zida sotuv joyiga aylantirdi.
Internetda oldinga siljish Internetda mahsulot yoki xiz-
matlarni qidirayotgan barcha kompaniyalar
va mijozlar uchun
samarali bo‘lishi mumkin. Internetdan foydalanuvchilar soni yil
sayin ortib bormoqda. Har kuni minglab, o‘nlab
va yuz minglab
odamlar kompaniyaning tovarlari yoki xizmatlarini qidiradi va
ularni raqobatchilardan topadilar. Chunki raqobatchilar qidiruv
tizimlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan (3.3.1-rasm):
3.3.1-rasm.
Yandex qidiruv tizimidagio‘quv
markazlari uchun
qidiruv natijasi
Foydalanuvchilarning 95% dan ortig‘i birinchi o‘nlikda
joylashgan saytlarga e’tibor berishadi (top 10).
Agar qidirish mexanizmi kompaniyaning web - saytini
to‘rtinchi va undan keyingi sahifalarda ko‘rsatib bersa, foyda-
lanuvchilarning 2% dan kamrog‘i ushbu sahifaga kirishadi.
214
Bozordagi o‘rinni yo‘qotmaslik va u erda munosib o‘rin
egallash uchun
kompaniyaning web-saytida
qidiruv tizimini
optimallashtirish
kerak.
Optimallashtirish
ichki
va
tashqi
bo‘lishi mumkin.
Tashqi optimallashtirish
– bu kompaniya reklamasini boshqa
manbalarga joylashtirish.
Ichki optimallashtirish
– bu qidiruv tizimlari uchun kompani-
yaning web-saytini tuzatish (optimallashtirish)dir.
Saytni optimallashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
audit (saytni tekshirish);
qidiruv saytlari ro‘yxatining dastlabki besh qatorida
joylashgan raqobatchilarni tahlil qilish;
kompaniyaning web-saytida o‘sish nuqtasini,
qidirish;
kompaniyaning web-saytining ojiz tomonlarini qidirish;
ichki va tashqi optimallashtirish tufayli web-sayt trafigini
ko‘paytirish;
saytni yaxshilash bo‘yicha ishlar;
qidiruv algoritmlarini kuzatishni yangilash;
kompaniyaning web-saytini va sotish sonini yaxshilash
uchun yangi g‘oyalarni izlash.
Dostları ilə paylaş: