234
7.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish bosqichlari qanday?
8.
Fokus-guruh nima va uning vazifalari?
9.
Yangi
yuqori
texnologiyali
mahsulotlarni
ishlab
chiqarishni qanday tezlashtirishimiz mumkin?
3.5. Ijtimoiy marketing
Ijtimoiy marketing nisbatan yangi va istiqbolli yo‘nalish
bo‘lib, u nafaqat zamonaviy dunyoda marketing pozitsiyasini
mustahkamlash, balki muvozanatli
va barqaror rivojlanishni
ta’minlash uchun marketing yondashuvi yordamida hal qilinishi
mumkin bo‘lgan muammolar doirasini
kengaytirishga imkon be-
radi.
Ijtimoiy marketing nafaqat odamlar hayotini, balki butun ja-
miyat hayotini yaxshilashga qaratilgan vositadir. Ijtimoiy market-
ing ko‘pincha atrof-muhitni muhofaza qilish, xayriya, sog‘liqni
saqlash va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, ushbu atama idrokni yaxshilash maqsadida o‘z
brendini
ommalashtirish, uni ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘lab
turadigan kompaniya faoliyatini anglatadi.
Ushbu atama o‘tgan asrning 70-yillarida qo‘llanila boshlandi.
Bu ba’zi ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun amalga oshirilgan
tadbir edi.
Ijtimoiy marketing usullari
xayriya;
mablag‘to‘plash (fandrayzing);
homiylik.
Dostları ilə paylaş: