254
xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlashda eng muhim rol
o‘ynaydi. Har bir blok avvalgisining
xeshini
o‘z ichiga oladi va
bitta blok ma’lumotlarini o‘zgartirish
uchun avvalgisining
ma’lumotlarini o‘zgartirish kerak bo‘ladi va hokazo.
Xesh funktsiyalaridan foydalanish sohalari
Xesh – funktsiyalarning keng rivojlanishi va qo‘llanilishi
axborot, komminikatsion, tarmoqli texnologiyalarning rivoji bilan
bog‘lash mumkin. Hozirgi vaqtda kriptografiya, ma’lumotlarni
uzatish xavfsizligi, himoyalanishga asoslangan ko‘plab masalarni
yechish uchun keng qo‘llaniladi. Eng muhimlarini va yuqori
talabga ega bo‘lganlarini ko‘rib chiqamiz:
1. Oddiy
xesh- funksiyalari
TCP / IP protokollari va Internet
tarmog‘ida boshqa protokollar
va algoritmlar orqali paket
uzatilishining yaxlitligini tekshirish vaq apparatdagi xatolar va
nosozliklarni aniqlash uchun ishlatiladi. Agar
xesh summasining
hisoblangan qiymati paket bilan birga yuborilgan nazorat
summasiga to‘g‘ri kelsa, demak, paketda ma’lumot yo‘qolgan
yoki o‘zgarishlar yo‘q.
2. Shunga o‘xshash sxema blokcheyin texnologiyasida ham
qo‘llaniladi, bu erda
xesh
to‘lov zanjiri
yaxlitligining kafolati
bo‘lib, uni ruxsatsiz o‘zgarishlardan himoya qiladi.
Xesh -
funksiyalari
tufayli blokchein yaxlitligini buzish juda qiyin.
Shuning uchun, uning asosida ko‘plab kriptovalyutalar yaratildi,
eng mashhur kriptovalyuta - Bitcoin. Shuni ta’kidlash kerakki,
Bitcoin 2009- yildan beri mavjud bo‘lib, hozirga qadar uning
yaxlitligi buzilmagan.
3.
Xeshlash
texnologiyasi tufayli yaqinda keng ishlab
chiqilgan va foydalanilayotgan elektron raqamli imzo (ERI)
texnologiyasini yaratish mumkin bo‘ldi.
Xesh
yordamida elektron
raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjatning haqiqiyligi
tekshiriladi.Imzolangan hujjatlar o‘zgaruvchan (va odatda juda
katta) hajmga ega bo‘lganligi sababli,
elektron raqamli imzoda
(ERI) imzo ko‘pincha hujjatning o‘ziga emas, balki uning xeshiga
qo‘yiladi.
Xeshni
hisoblash uchun kriptografik
xesh - funksiyalari
qo‘llaniladi, bu imzolarni tekshirish paytida hujjat o‘zgarishini
aniqlashni kafolatlaydi.
Xesh - funksiyalari
elektron raqamli imzo
255
algoritmining bir qismi emas, shuning uchun sxemada har qanday
ishonchli
xesh - funksiyasidan
foydalanish mumkin.
4. Login va parol orqali saytlar va serverlarga kirish uchun
xeshlah
foydalaniladi. Parollarni ochiq ko‘rinishda saqlash
ishonchli emas. Shuning uchun barcha parollarning
xeshlari
saqlanadi. Foydalanuvchi o‘z parolining belgilarini kiritadi,
maxsus dastur shu zahotiyoq
xesh
miqdorini
hisoblab chiqadi va
sayt ma’lumotlar bazasida saqlangan hash miqdorini tekshiradi.
Ushbu turdagi
xeshlash
juda yuqori kriptografik salohiyatga ega
bo‘lgan murakkab funktsiyalardan foydalanadi va parolni
xeshdan
tiklab olish mumkin bo‘lmasligi uchun ishlatiladi.
Xe
sh - funksiyalaridan
foydalanish quyidagi afzalliklarni
beradi:
hisoblash murakkabligi
. Odatda,
elektron hujjatning
xeshi
asl hujjat hajmidan bir necha baravar kichikroq va
xesh
hisoblash
algoritmlari elektron raqamli imzo algoritmlariga qaraganda
tezroq bo‘ladi. Shuning uchun,
xesh
hujjatni yaratish va unga
imzo qo‘yish hujjatning o‘zi imzolagandan ko‘ra tezroq.
muvofiqligi
. Ko‘pgina algoritmlar ma’lumotlar bitlarining
satrlarida ishlaydi, ammo ba’zilari
turli xil tasvirlardan
foydalanadilar. Ixtiyrolik bilan kiritilgan matnni mos formatga
o‘tkazish uchun
xesh- funktsiyasidan
foydalanish mumkin.
yaxlitligi
.
Xesh- funksiyasidan
foydalanmasdan, ba’zi bir
sxemalardagi katta elektron hujjat elektron raqamli imzoni
qo‘llash uchun yetarlicha kichik bloklarga bo‘linishi kerak.
Hujjatning haqiqiyligini tekshirishda barcha bloklarning qabul
qilinganligini va to‘g‘ri tartibda bo‘lishini aniqlash mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: