275
to‘lovlarni
(do‘stlar va oila a’zolariga telefon yoki kompyuter
orqali to‘lash) o‘z ichiga olgan holda, blokcheyn tomonlarning
bevosita o‘zaro munosabatlari imkoniyatini ochib beradi – bu
haqiqatan ham markazlashtirilmagan almashish iqtisodiyotiga olib
keladi.
3. Kraudfanding
Kraudfanding
– bu boshqa odamlar
yoki tashkilotlarning
sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z mablag‘lari yoki
boshqa manbalarini, odatda Internet orqali, ixtiyoriy ravishda
birgalikda yig‘adigan odamlarning jamoaviy hamkorligi.
Kraudfanding tashabbusi rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotini
rivojlantirishga qaratilgan. Odamlar mahsulot ishlab chiqarishda
bevosita ishtirok etishni xohlashadi.
Blokcheyn bu qiziq ishni
yangi darajaga ko‘taradi, kraudsordinglivenchur fondlarini
yaratishi mumkin.
2016-yilda ana shunday tajribalardan biri Ethereum
platformasida markazlashtirilmagan avtonom tashkilot (MAT)
ikki oy ichida 200 million dollar yig‘di. MAT tajribasi shuni
ko‘rsatdiki, blokcheyn iqtisodiy hamkorlikning yangi modelining
paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
4. Boshqaruv
Olingan natijalar to‘liq oshkora va omma uchun ochiq bo‘lib,
tarqatilgan ma’lumotlar bazasi texnologiyasi
saylovlarning yoki
boshqa har qanday turdagi ovozlarning to‘liq shaffofligini ta’min-
lashi mumkin. Ethereumga asoslangan aqlli kontraktlar jarayonni
avtomatlashtirishga yordam beradi. Amalda, bu kompaniyani
boshqarish raqamli aktivlar, zaxiralar yoki ma’lumotlarni bosh-
qarishda mutlaqo shaffof va tekshirilishi mumkinligini anglatadi.
5. Yetkazib berish zanjiri auditi
Iste’molchilar tobora ko‘proq kompaniyalar o‘z mahsulot-
lariga qo‘ygan standartlarning talablari haqiqat ekanligini bilishni
istaydilar. Distribyutor registrlari
sotib olgan buyumlarning
haqiqiyligini tekshirishni osonlashtiradi. Shaffoflik mahsulot
raqamiga mos keladigan blokcheyin sanasi va joylashuvi asosida
vaqtinchalik belgi bilan ajratiladi.
276
Masalan,
Buyuk
Britaniyada
joylashgan
Provenance
kompaniya bir qator iste’mol mahsulotlari uchun yetkazib berish
zanjiri tekshiruvlarini taklif etadi. Ethereum blokcheyndan
foydalanadigan Provenance pilot loyihasi
Yapon restoranlarida
sotiladigan baliqlarni Indoneziyadagi yetkazib beruvchilar
tomonidan doimiy ravishda ovlab, saqlab turishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: