O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Kognitiv modellashtirish
Kognitiv modellashtirish murakkab va noaniq vaziyatlarda 
(geosiyosiy, ichki, harbiy va hokazo), bunday vaziyatlarda sodir 
bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risida miqdoriy yoki statistik ma’lu-
mot yo‘q bo‘lganda boshqaruv qarorlarini tizimlash, tahlil qilish 
va qabul qilish uchun mo‘ljallangan . 
Kognitiv modellashtirish muammoli vaziyatni yaxshiroq 
tushunishga, qarama-qarshiliklarni aniqlashga va tizimni sifat-
li tahlil qilishga yordam beradi. Modellashtirishning maqsadi – 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlar va quyi tizimlardan tashkil 
topgan murakkab tizim sifatida ko‘rib chiqilayotgan obyektning 
ishlashi haqidagi gipotezalar shakllantirish va aniqlashtirish. 
Kognitiv 
yondashuvning 
paydo 
bo‘lishi 
iqtisodiyot, 
sotsiologiya, ekologiya kabi sohalarda tahlil qilish va qarorlarni 
qabul qilishning murakkabligi bilan bog‘liq. Bunday tizimlarda 
qaror qabul qilishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan omillar soni 
o‘nlab o‘lchanadi. Faktorlarning o‘zi murakkab o‘zaro ta’sirda 


39 
bo‘ladi. Ko‘pincha o‘lchov omillarini aniqlashning o‘ziga xos 
metodologiyasi mavjud emas va ma’lumotlarning hajmi yetarli 
emas yoki u sifatli xarakterga ega. Bunday tizimlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari tufayli ular 
zaif tuzilgan 
deb nomlanadi . 
Keng tarqalgan kognitiv modellashtirishning ta’riflardan biri 
quyidagi ta’rifi – 
boshqaruv obyektiga turli omillarnig ta’sirini 
o‘xshashlik va farqlarini inobatga olgan holda boshqaruv obyek-
tini maqsadli holga o‘tkazishda omillar ta’sirining kuch va 
yo‘nalishini aniqlash imkoniga ega tahlil usuludir.
Kognitiv modellashtirish tizimni sifatli tahlil qilish asosida 
muammoli vaziyatni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ti-
zimga xos bo‘lgan muammolar va qarama-qarshiliklarni aniqlash-
ga imkon beradi. 
Modellashtirishning maqsadi alohida, ammo o‘zaro bog‘liq 
elementlar va quyi tizimlardan tashkil topgan murakkab 
tizim sifatida ko‘rib chiqilgan o‘rganilayotgan obyektning ishlashi 
haqidagi gipotezani shakllantirish va aniqlashtirishdir. 
Tadqiqot obyektini kognitiv tahlil qilish quyidagilarni 
amalga oshirishga imkon beradi: 

tahlil qilingan muammoning umumiya holatini ko‘rish; 

tizim (vaziyat) rivojlanish yo‘nalishini bashorat qilish; 

vaziyatning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash; 

harakatlar strategiyasini ishlab chiqish; 

muammoga alternativ echimlarni taklif qilish

qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish; 

ko‘rib chiqilayotgan vaziyatning sifat va miqdoriy tavsi-
flarini olish; 

qarorlarning sifati va asosliligini oshirish. 
Kognitiv tahlilning bosqichma-bosqich texnologiyasi quyi-
dagi amallarni o‘z ichiga oladi: 
1.
Muammo to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish; 
2.
Muammoli vaziyatni tizimli o‘rganish (muammo doimiy 
yoki o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi); 
3.
Muammo kelib chiqqan mavzu bo‘yicha bilimlarning 
tuzilishi; 


40 
4.
O‘rganilayotgan muammoning kognitiv modelini yaratish; 
5.
Kognitiv muammoli vaziyatni tarkibiy tahlil qilish; 
6.
Muammoli vaziyatning kognitiv modelining tarkibiy 
xususiyatlari; 
7.
Maqsadli yondashuvga asoslangan muammoli modellash-
tirish 
8.
Model darajasida mumkin bo‘lgan natijalar, amaldagi mo-
dellarni inkor qilish. 
9.
Modellashtirish natijalarini mavzuli talqini; 
10.
Natijalarni tahlil qilish va vaziyatning dinamikasi ha-
qida yangi bilimlarni aniqlash. 
Kognitiv yondashuvning mohiyati intuitsiyaga emas, balki 
murakkab tizim haqida tartibga solingan va tasdiqlangan ma’lu-
motlarga asoslangan samarali boshqaruv strategiyasini ishlab 
chiqishdir. Bunday bilimlarning manbai aholini sotsiologik tadqiq 
qilish yoki ekspert guruhlarining so‘rovlari bo‘lishi mumkin. 
Kognitiv modellarni ishlab chiqish juda mashaqqatli jarayon, 
shuning uchun tadqiqotchilar ishini avtomatlashtirish uchun 
maxsus vositalar kerak. 
Kognitiv texnologiyalar vositasi xilma-xil bo‘lib, ular turli 
muammolarni yechishga mo‘ljallangan: 

biznes jarayonini boshqarish; 

boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash; 

analitik dasturiy ta’minot va xizmatlar; 

kognitiv hisoblashga asoslangan xizmatlari; 

bitimlar va blockcheyn. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin