Buyumlar Internetini ta’riflash Bugungi kunga kelib, mutaxassislar Buyumlar Interneti
nima ekanligini aniqlash borasida bir fikrga kela olish-
madi. Quyida nufuzli tashkilotlar tomonidan aytilgan ta’riflar
keltirilgan [2, 5] .
"Buyurmalar Interneti" atamasi (
inglizcha - Internet of
Things, qisqartirilgan IoT ) Internetga ulangan va bir-biri bilan
yoki tashqi muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan jismoniy obyektlar
("Buyumlar") tarmog‘ini anglatadi.
Internet – buyum (
Internet of Things , IoT ) - bu tashqi mu-
hit bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, ularning holati to‘g‘risida
ma’lumot uzatish va tashqaridan ma’lumotlarni olish imkonini
beruvchi ichki texnologiyalarga ega bo‘lgan jismoniy ob’ektlar
tarmog‘I [5].
Internet – buyum (
Internet of Things, IoT ) - jismoniy
obyektlarga o‘rnatilgan va internetni bog‘lovchi Internet protokol
(IP) yordamida kabel yoki simsiz tarmoq orqali ulangandatchiklar
va uzatgichlar (bajaruvchi moslamalar) [2].
ITUning Telekommunikatsiya standartlar bo‘limi (Interna-
tional Telecommunication Union,
Xalqaro, telekommunikatsiya it- tifoq’i ) "Buyumlar Interneti haqida tavsilot» deb nomlangan
Tavsiya Y.2060 (Overview of the Internet of Things) e’lon
qilindi. Ushbu hujjat IoTni tavsiflovchi quyidagi ta’riflarni o‘z
ichiga oladi:
"Internet of Things" (IoT): Axborot jamiyati uchun global
infratuzilma bo‘lib, mavjud va rivojlanayotgan axborot-kommu-
nikatsiya texnologiyalariga asoslanib, bir-biriga (jismoniy va vir-
tual) buyurmalarni ulash orqali yanada murakkab xizmatlarni
taqdim etish imkoniyatini beradi.
Buyum: Buyumlar Internetiga nisbatan, bu aniqlanishi va
aloqa tarmoqlariga birlashtirilishi mumkin bo‘lgan jismoniy
dunyo (jismoniy Buyurmalar) yoki axborot dunyosi (virtual
Buyurmalar) degan ma’noni anglatadi.
Qurilma: Buyumlar Internetiga kelsak, bu ma’lumotni
o‘lchash, ishga tushirish, kiritish, saqlash va ishlov berish uchun
78
zarur bo‘lgan aloqa qobiliyatiga va qo‘shimcha imkoniyatlarga
ega uskunani anglatadi.