92
birlashtiradi muammolarni o‘rganish va hal qilish umumiy qobili-
yati hisoblanadi.
Sun’iy intellekt tarixi XX asrning 40-yillarda elektron
hisoblash mashinalar (EHM) yaratilishi bilanboshlanadi.
Elektron hisoblash mashinalarning paydo bo‘lishi bilan
sun’iy intellekt sohasidagi birinchi savollar paydo bo‘ldi:
intel-
lektual qobiliyatlari insonning intellektual qobiliyatlari bilan teng
bo‘lgan mashinani yaratish mumkinmi?
Sun’iy intellekt
(SI,
engl
. artificial intelligence, AI ) ongli
hatti-harakatlarni avtomatlashtirish bilan shug‘ullanadigan ilmiy
fan sifatida aniqlanishi mumkin.
1950-yilda ingliz matematik Alan
Turing empirik Turing
testini taklif etgan kompyuterning sun’iy intellekt.
1951
-
yilda sun’iy intellekt sohasida Amerika olimi Mar-
vin Minsky, Massachusets texnologiya institutining sun’iy
intellekt Laboratoriya asoschilaridan biri SNARC-nerv tar-
mog‘iga asoslangan o‘quv mashinasini yaratdi.
1956-yilning yozida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Dart-
mut universitetida sun’iy intellekt sohasi asoschilari deb atalgan
McCarthy, Minsky, Shannon, Turing kabi
olimlar ishtirokida bi-
rinchi ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda olimlar sun’iy
intellekt sohasida loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini
muhokama qilishdi. Aynan o‘sha paytda
artificial intelligence
-
sun’iy intellekt
atamasi paydo bo‘ldi.
XX asrning
60-chi
yillarida sun’iy
aql sohasida qilin-
gan fikrlashning murakkab jarayonini modellashtirib keng ko‘-
lamdagi masalalarni ahtarish uchun o‘rinishlar qilindi.
Sun’iy intellektning amaliy
dasturdagi muhim yutuqlarga
XX asrning 70-yillarida erishildi, fikrlashning universal algoritm
izlashni o‘rniga mutaxassislar-ekspertlarning aniq bilimlarini
modellashtirish g‘oyasini keldi.
Bilimlarga
asoslangan
birinchi tijorat tizimlari yoki ekspert
tizimlari AQSHda paydo bo‘ldi. Sun’iy intellekt muammolarini
hal qilishga yangi yondashuv keldi –
bilimlarni namoyish et-
ish
. «MYCIN» va «DENDRAL» kabi tibbiyot va kimyo uchun
93
tayorlangan va klassikaga aylangan ekspert tizimlari paydo
bo‘lgan.
Har ikkala ushbu tizimlar diagnostika tizimlar edi, masa-
lan, «MYCIN» dastur bemorlarning kasalligini tashhis qo‘yish
vazifasini bajargan bo‘lsa, «DENDRAL» dasturi esa – kimyoviy
aralashmaning xususiyatlarini aniqlagan.
Aslida, sun’iy intellekt
tarixidagi ushbu bosqichni
ekspert
tizimlarining
vujudga kelishi deb atash mumkin .
Sun’iy intellekt tarixining keyingi muhim davri - XX asrning
80 yillari hisoblanadi. Bu yillarda sun’iy intellekt qayta vujudga
keldi. Mutaxassislar sun’iy intellektdan ilmiy tadqiqotlarda ham,
sanoatda ham foydalanish mumkinligini e’tirof etdilar. Yangi tex-
nologiya sifatida birinchi tijoriy dasturiy mahsulotlar paydo bo‘l-
di. Bu davrda mashinalarni o‘rganish sohasi rivojlana boshladi.
Keyinchalik, odamlarning nutqini tushunadigan, berilgan
mavzular bo‘yicha suhbatlar olib bora oladigan, stol o‘yinlarini
o‘ynaydigan robotlar paydo bo‘lgan.
Sun’iy intellektning asosiy xususiyatlari
–
bu tilni tushunish,
o‘rganish va fikrlash va harakat qilish qobiliyatidir.
Bugungi kunga kelib sun’iy intellekt ilm-fan taraqqiyotida,
ayniqsa, Buyumlar Interneti kontseptsiyasi doirasida muhim
o‘rinni egallaydi, chunki ma’lumot to‘plashning o‘zi yetarli emas,
inson buni qila olmaydigan holatlarda ishlov berish,
tahlil qilish
va harakat qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: