O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Bilimlarni to‘plash va ulardan foydalanish



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Bilimlarni to‘plash va ulardan foydalanish
Ko‘pgina olimlarning fikriga ko‘ra, aqlning muhim xusu-
siyati o‘rganish qobiliyatidir. Shunday qilib, bilimlar muhandisligi 
oddiy ma’lumotlardan bilimlarni olish, uni tizimlashtirish va 
ulardan foydalanish vazifalarini birlashtirgan holda birinchi 
o‘ringa chiqadi. Ushbu sohadagi yutuqlar sun’iy intellekt tadqi-
qotlarining deyarli barcha sohalariga ta’sir qiladi .
Bu yerda ikkita muhim sohalarini ajratish kerak. 
Ularning birinchisi – mashina ta’limi - ishlash jarayoniga 
mustqil ravishda bilimni intellektual ishlab chiqarish tizimiga 
tegishli.
Ikkinchisi ekspert tizimlarini yaratish bilan bog‘liq – har 
qanday muammo bo‘yicha ishonchli xulosalar chiqarish 
uchun maxsus bilim bazalaridan foydalanadigan dasturlar .
Shakllarni aniqlash muammolarining katta sinfi mashinali 
o‘rganish sohasiga tegishli. Masalan, qo‘l yozuvini, nutqni
aniqlash,matn tahlili. Ayniqsa, robototexnika bilan bog‘liq 
bo‘lgan kompyuterni ko‘rish qobiliyati ta’kidlash kerak .
 
1.7.3. Sun’iy intellektni qo‘llash sohalari
Sun’iy intellektni qo‘llash sohalari juda keng bo‘lib, ham 
texnologiyalarni, ham ommaviy qo‘llashdan uzoq bo‘lgan yangi 
yo‘nalishlarni ham qamrab oladi. 
Sun’iy intellektni tijoratlashtirish yo‘nalishlari
Biznesda sun’iy intellekt
Xarajatlarni minimallashtirish va daromadlarni ko‘paytirish, 
shuningdek, ish jarayonlarini optimallashtirish maqsadida turli xil 
texnologiyalar qo‘llaniladi. Sun’iy intellektning biznesdagi eng 
keng tarqalgan usullari: 

shaxsiy tavsiyalarni yaratish, ya’ni kompaniyalar sotuvlar 
va reklama samaradorligini oshirish uchun mijozga qanday xiz-
matlar kerakligini bilib olishlari mumkin; 

do‘konlarning samaradorligini oshirish, ya’ni SI yangi 
punktlarni ochish uchun eng yaxshi joyni tanlaydi, tuman aholis-


99 
ining ehtiyojlarini hisobga olgan holda assortimentni ishlab 
chiqadi va hokazo. 

texnik yordamni optimallashtirish, ya’ni mijoz sun’iy intel-
lekt bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, eng yaqin do‘konni topishga
karta bilan oddiy operatsiyalarni amalga oshirishga va individual 
chegirmalar olishga yordam beradi; 

firibgarlikka qarshi kurashish, takliflarni shaxsiylashtirish 
va xodimlarning samaradorligini oshirish; 

sanoatda ishlab chiqarishni optimallashtirish, masalan, xom 
ashyoni to‘g‘ri sarflash, qurilmaning maqbul parametrlarini tan-
lash va boshqalar. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin