E lectronic
D ata
I nterchange
f or
A dministration,
C ommerce
and
T ransport
(EDIFACT)
ma’lumotlar electron almashuvining halqaro standarti paydo
bo‘ldi. Standartdan foydalanishi elektron telekommunikatsiya
vositalari yordamida tijorat faoliyatni yuritish tartibini sezilarli
darajada soddalashtirdi.
Elektron
biznesni
yanada
rivojlantirishni
kompyuter
tarmoqlaridan foydalanmay tasavvur qilib bo‘lmaydi. 60-yil-
larning boshida mutaxassislar dunyoning har qanday joydan ke-
lajakda dasturlar va ma’lumotlar bazalarga bir zumda kirishni
ta’minlash uchun odamlar o‘rtasida global kompyuter aloqani
o‘rnatish iloji borligi haqida fikr yurita boshladi.
1962-yil avgust oyida Massachusets texnologiya instituti
(AQSH) J.Liklider tarmoq orqali o‘rnatiladigan ijtimoiy o‘zaro
aloqaning hujjatli tavsifini o‘z ichiga olgan bir qator g‘oyalarni
yaratdi. U o‘zaro bog‘langan kompyuterlarning global tarmog‘ini
yaratishni oldindan aytib berdi, uning yordamida har bir kishi
istalgan kompyuterda joylashgan ma’lumotlar va dasturlarga te-
zkor kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi . Bu konsepsiya Internetning
bugungi holatiga juda o‘xshash bir tushuncha.
1967-yilda axborot texnologiyalari va kompyuter tarmoqlari
sohasida amerikalik muhandis va olim L.Robert ARPAnet
kompyuter tarmog‘ini tuzish rejasini taqdim etdi (2.1.4-rasm.).
Eslatma . 2.1.4-rasmda bo‘sh doira – chegaralgan foyda-
lanishga ega kompyuter, chizig‘i bor doira – bitta foydalanuvchi
uchun terminal .
ARPAnet (ingliz tilida
A dvanced
R esearch
P rojects
A gency
N etwork) -1969
-
yilda AQSH Mudofaa Vazirligining Istiqbolli
tadqiqotlar agentligi (DARPA) tomonidan yaratilgan kompyuter
tarmog‘i bo‘lib, Internet tarmog‘i bo‘yicha
prototipi (
bosh- lang‘ich namunasi ) bo‘lgan.