124
O‘z-o‘zini tekshirish savollari
1. Biznes haqida tushuncha bering.
2. Biznesning xususiyatlari aytib bering.
3. Biznesning tuzilishi va subyektlari nima?
4. Biznesni qanday shakllarda amalga oshirish mumkin?
5. Yakka tartibdagi tadbirkorlik ma’nosi nimada?
6. Sheriklik nima?
7. Elektron biznes qachon va qanday qilib boshlangan?
8. Elektron biznesni ta’rifini bering.
9. Elektron biznesning maqsadi va asosiy yo‘nalishlari.
10. Elektron biznesning asosiy turlarini aytib o‘ting.
2.3. Elektron tijorat samaradorligi haqida asosiy tushun-
chalar
2.3.1. Elektron biznes va elektron tijorat o‘rtasidagi farqlar
Elektron biznes – bu eng keng tarqalgan tushuncha. U
raqamli texnologiyalardan foydalangan
holda bozor subyektlari
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning har qanday shaklini o‘z
ichiga oladi :
ma’lumot almashish;
bozorni o‘rganish;
potensial mijozlar va yetkazib beruvchilar o‘rtasida aloqal-
arni o‘rnatish;
sotishdan oldin va sotishdan keyingi davrda mijozni
qo‘llab-quvvatlash, masalan, mahsulotlar va xizmatlar,
mijozlar
savollariga javoblar va hokazolar haqida batafsil ma’lumot taqdim
etish;
tovarlar va xizmatlarni sotish;
elektron to‘lov, shu jumladan, elektron to‘lov tizimlaridan
foydalangan holda;
mahsulotlarni
tarqatish, shu jumladan, yetkazib berishni
boshqarish va jismoniy
mahsulotlarni kuzatish, shuningdek,
125
elektron shaklda tarqatilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
etkazib berish;
virtual
korxonalarni
tashkil
etish
imkoniyati
–
yakka tartibdagi mutaxassislar guruhi yoki qo‘shma faoliyatni olib
borish uchun mustaqil kompaniyalar;
kompaniya va uning savdo sheriklari tomonidan birgalikda
boshqariladigan biznes-jarayonlarni amalga oshirish .
Elektron tijorat
elektron biznesning tarkibiy
qismlaridan biri
bo‘lib, tovarlarni sotish yoki Internet orqali xizmatlar ko‘rsatish
kabi elektron tizimlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan
bitimlar bilan cheklanadi.
Elektron biznesda elektron tijoratning o‘rni 2.3.1-rasmda
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: