O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Mahsulot haqida ma’lumot berish usullari bo‘yicha



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Mahsulot haqida ma’lumot berish usullari bo‘yicha
Oddiy savdo jarayonida mahsulot bilan tanishish shaxsan 
amalga oshiriladi. Elektron do‘konda bu tan ishish xaridor tomo-
nidan tovarlarning ma’lumot tavsifi va tegishli xususiyat-
larini sinchkovlik bilan o‘rganish natijasida ro‘y beradi. 
Xarid qilish usullari bo‘yicha
Oddiy savdo jarayonida xaridor tomonidan tovarlarni sotib 
olish shaxsan sodir bo‘ladi. Elektron do‘konda tovar sotib 
olayotganda, xaridor Internet orqali ro‘yxatdan o‘tish va buyurtma 
berishdan o‘tadi. 
Kirish imkoniyati bo‘yicha
Har qanday elektron do‘konlar dunyoning deyarli har bir bur-
chagidagi mijozlar uchun mavjud. Shuning uchun, u sayohatlar va 
xizmat safarlarida zarur tovar va xizmatlarni tanlashda 
cheklanmagan. Bunday do‘konlar kun bo‘yi ochiq bo‘lib, odatiy 
do‘konlarda bo‘lgani kabi ko‘plab xaridorlarning navbati 
yo‘q. Xaridor o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda xarid qilish 
imkoniyatiga ega . 
 
 


130 
Elektron tijorat bozor sifatida
Elektron bozor deganda axborot va telekommunikatsiya 
texnologiyalari va tizimlarining rivojlangan tuzilmalar sharoitida 
o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflangan uning ishtirokchilari va 
ularning o‘zaro munosabatlari jarayonlarini tushunimiz mumkin. 
Elektron bozor an’anaviy jismoniy bozorga qaraganda ancha 
mukammal raqobat bilan ajralib turadi. Elektron bozorda ko‘plab 
sotuvchilar va xaridorlar ishlaydi, bozorga yangi ishtirokchilar 
kirib borishi uchun hech qanday to‘siqlar yo‘q, barcha ishtirokchi-
lar ma’lumot olish huquqiga ega. 
Elektron 
bozorda tovarlar 
va 
xizmatlarning 
ishlab 
chiqaruvchilari va iste’molchilari ishtirok etadilar . 
Aloqa sohasidagi o‘zgarishlar iste’molchilarga tovarlar va 
xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot olish, buyurtmalar berish, mah-
sulotlarni to‘lash vositalariga ta’sir etayapti. 
Elektron bozor ko‘p jihatdan oddiy bozorga o‘xshaydi, uning 
asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 

o‘yinchilar (kompaniyalar, yetkazib beruvchilar, vositachi-
lar, do‘konlar va mijozlar); 

mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar); 

jarayonlar (ta’minot, ishlab chiqarish, marketing, raqobat, 
taqsimlash, iste’mol va boshqalar). 
Farqi shundaki, elektron bozor elementlari (hech bo‘lma-
ganda ularning bir qismi) virtual (elektron) bo‘ladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, potentsial xaridor va sotuvchilarn-
ing katta soniga etishish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq afzalliklarga 
qaramay, elektron bozor an’anaviy bozorlarga xos bo‘lgan barcha 
muammolarni hal qila olmaydi. Bundan tashqari, u o‘z muam-
molarini keltirib chiqaradi. Avvalo, u elektron bitimlar samara-
dorligini kamaytiriradigan yangi turdagi xarajatlar paydo bo‘lishi. 
Elektron (raqamli) mahsulotlar talabga moslashuvchanligi 
yo‘qori. Xaridorning ehtiyojlariga oid ma’lumotlar taqdim etila-
yotgan mahsulot turlarini sezilarli darajada kengaytirishi mum-
kin. Bunday yetarlicha tabaqalashtirilgan va segmentlangan bo-
zorda narxlar xaridor to‘lashga rozi bo‘lgan maksimal darajagacha 
ko‘tarilishi mumkin. 


131 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin